Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat avvalida Tojikiston prezidenti davlat rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezidentning O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli va faol sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.
Suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, faol gumanitar almashinuvlarni, jumladan, chegaradosh hududlar o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Izoh (0)