• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    "Milliy tiklanish" partiyasi Hunarmand bank tashkil etishni taklif etdi

    Bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan Samarqand shahrida joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda partiyaning saylovoldi platformasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan debat tashkil etildi.Unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi, Oliy Majlis Q

    onunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, hududiy partiya tashkilotlari vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, ekspertlar, siyosatshunos olimlar, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

    Debat oldidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov boshchiligida partiya fraksiyasi a’zolaridan iborat ishchi guruh Samarqand Temir yo‘l vokzalida sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Joriy holatni o‘rganib, sayyohlar uchun yanada qulayliklarni yaratish bo‘yicha tavsiyalarini bildirdilar.

    Samarqanddagi yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanayotgan hunarmand “Asadov Mansur” korxonasi faoliyati ham ishchi guruh a’zolarining e’tiboridan chetda qolmadi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan hunarmandchilikning bu turi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Hunarmand qo‘l mehnati orqali yasalgan rang-barang mahsulotlar ko‘rinishi, sifati, bejirimligi va o‘ziga xosligi bilan barchani hayratga soldi. Hunarmand bilan kechgan ochiq muloqotda korxonaning tashkiliy-huquqiy muammolari o‘rganilib, hunarmandning sohani yanada rivojlantirish yuzasidan takliflari eshitildi.

    O‘rganish doirasida ishchi guruh a’zolari Samarqand shahridagi Sohibqiron Amir Temur va temuriyzodalar mangu qo‘nim topgan maqbarani hamda Ashratxona me’moriy yodgorligini ham ko‘zdan kechirishdi. Madaniy meros obyektlarining bugungi holati atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolar yechimi bo‘yicha fikrlashib olindi. Ayniqsa xarob ahvolga kelib qolgan Ashratxona me’moriy yodgorligini kechiktirmasdan ta’mirlash, restavratsiya qilish va konservatsiyalash zarurligi bildirildi. Bu bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga taklif hamda tavsiyalar tayyorlandi.

    Shundan so‘ng partiya yetakchisi bir guruh hunarmandlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot qildi.Uchrashuvda hunarmandlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

    “Hunarmand tadbirkor emas, ijodkor. Ularga yozuvchi, shoirlardek sharoit yaratib berish bilan birga alohida Hunarmand bank tashkil etish lozimdir. Hunarmand foyda, daromad uchun emas, madaniyat, milliy qadriyatlar boqiyligi uchun mehnat qilishi lozim”, — deydi partiya rahbari Alisher Qadirov.

    Shuningdek hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

    Kunning ikkinchi yarmida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda partiyaning saylovoldi platformasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan debat boshlandi. Unda partiyaning bundan 5 yil muqaddam qabul qilingan saylovoldi platformasi xususida fikr-mulohazalar bildirilib, me’yoriga yetmagan yoki saylovoldi platformasidan chetda qolgan va bugungi kun uchun nihoyatda muhim bo‘lgan vazifalar muhokama etildi. Tadbirda partiya faollari o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarni o‘rtaga tashladilar.

    Tadbirda ta’kidlanganidek, siyosiy partiya bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlari, manfaatlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir. Bugun yurtimizda bir nechta siyosiy kuchlarning faoliyat ko‘rsatayotgani jamiyatda sog‘lom raqobatni vujudga keltirib, ularni chinakamiga kurashga chorlamoqda.O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bu jarayonda faol ishtirok etib, el nazarida bo‘lishga, chin ma’noda xalq ishongan partiyaga aylanishga astoydil harakat qilmoqda.

    Bunga erishish uchun, avvalo, partiya davr shiddatiga va bugungi kun talabiga mos holda ish olib borishi lozim. Tabiiyki, siyosiy maydonda qo‘li baland bo‘lish uchun partiyaga o‘ziga xos, xalqchil, davlat va jamiyat farovonligiga xizmat qiluvchi saylovoldi platformasi zarur bo‘ladi.

    O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shu nuqtayi nazardan saylovoldi platformasini bugungi kun shiddati, saylovchilar ehtiyoji, aholi muammolarini hisobga olgan holda yangilamoqda. Buning uchun joylarda debatlar tashkil etilib, partiya a’zolari, deputatlar, faollar, ekspert va mutaxassislarning takliflari olinmoqda.

    Debatda partiya mamlakatimizda investitsion jozibadorlik va barqarorlikni ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvini liberallashtirish, siyosiy sohada innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash, partiya a’zolarining motivatsiyasini ta’minlashda qanday amaliy takliflarni ilgari surmoqda? Yoshlar tarbiyasiga aslida kim mas’ul, bunda partiyaning pozitsiyasi qanday? Ushbu masala partiyaning yangi saylovoldi dasturida aks etganmi?

    Aholining siyosiy partiyalarga ishonchi susayib turgan ayni paytda “Milliy tiklanish” partiyasi odamlarni partiyaga qanday qiziqtirmoqchi? Bu borada aniq strategiyalar mavjudmi? —degan bir-biridan dolzarb va keskin savollar o‘rtaga tashlandi va partiya faollarining javoblari tinglandi.

    Shuningdek debatda o‘tgan yili partiya tashabbus ko‘rsatib, mamlakatimizdagi madaniy meros obyektlari holatini o‘rgangani, ushbu masala bo‘yicha partiya fraksiyasi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Madaniyat vazirining parlament eshituvi tashkil etilgani hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori qabul qilingani, biroq sohadagi kamchiliklar hanuz bartaraf etilmagani sabablari so‘raldi. Axloqsiz va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi g‘oyalar ijtimoiy tarmoqlarda keng ildiz otayotgan bir paytda milliy qadriyatlarimiz himoyachisi sifatida “Milliy tiklanish” partiyasi ushbu masalaga jiddiy yondashmayotgani xususida tanqidiy fikrlar bildirildi.

    Debatda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratib kelayotgan partiya lotin alifbosi masalasida tashabbus ko‘rsatmayotgani, aniq pozitsiyani bildirmayotgani ochiq munozaralarga, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bugun ta’limning lotin yozuvida, matbuotning kirill yozuvida olib borilayotgani haqiqatdan ham taajjublanarli holat ekanligi ta’kidlanib, bu masalaga partiya kelgusida qanday yechim topishi so‘raldi.

    Debatda ekspertlar partiyaning umumsiyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot va tashqi siyosat sohasida belgilab olgan muhim vazifalar ijrosi, ularni yanada chuqurlashtirish borasida ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan qator savollar bilan partiya rahbarlariga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaat etishib, tegishli javoblar olishdi, ularning bu boradagi qarashlari, nuqtayi nazarlari bilan tanishdi.

    Shuningdek debatda savollardan tashqari partiya saylovoldi platformasining mukammal bo‘lishini ta’minlash uchun partiya faollari, elektorati hamda ekspertlar tomonidan qator takliflar ham bildirildi. Millatimizning madaniy o‘ziga xosligini saqlashni ta’minlash, xavfsiz axborot rivoji uchun huquqiy asos yaratish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirish, gender tengligini ta’minlash, ta’lim, ilm-fan taraqqiyotiga, innovatsion ishlanmalar rivojiga xizmat qiluvchi mustahkam platformalarni shakllantirishga qaratilgan maqsad va vazifalar yangi dasturlarda aniq aks ettirilishi lozimligi aytib o‘tildi.

    Tadbirda o‘rtaga tashlangan savollar, bildirilgan takliflar asosida partiya saylovoldi platformasini yanada mukammal holga keltirish, bu kabi debatlarni boshqa hududlarda ham o‘tkazishga kelishib olindi.

    O‘zMTDP Markaziy kengashi axborot xizmati

    Reklama huquqi asosida.

    22.07.2019, 18:00   Izoh (0)   21719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Har qanday sharoitda uy-joylarni isitish endi muammo emas!

    22.07.2019, 15:00

    “Bir makon — bir yo‘l” endi ta’lim sohasida o‘z grantlarini e’lon qiladi

    22.07.2019, 12:00

    Modern Stroy kompaniyasidan “Uchta nol” aksiyasi: 0% li boshlang‘ich va muddatli to‘lov hamda “bepul” propiska!

    22.07.2019, 09:00

    “Qishloq qurilish bank” tomonidan 80 mingdan ortiq namunaviy uy-joylar moliyalashtirildi

    19.07.2019, 15:00

    Hech qanday kirish imtihonlarisiz 1-avgustgacha talaba bo‘lish mumkinmi?

    18.07.2019, 18:00

    Anomal jaziramada teringiz suv bo‘lib oqyaptimi? Muammoga yechim bor!

    18.07.2019, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 12:04

    27 ta to‘y libosi, 90 ta shaxsiy samolyot va mehmonlar orasida jahon yulduzlari: milliarder Jeff Bezosning Venetsiyadagi to‘yi haqida eng muhim tafsilotlar

    Layfstayl | 28 iyun, 11:40

    Muzli vanna, meditatsiya va Ayurveda: mashhurlar tongni qanday boshlaydi?

    Shou-biznes | 28 iyun, 11:35

    Toshkent viloyatida hokimiyat yerini 200 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 11:20

    Oxiri yo‘q rilslar, yo‘qotilayotgan vaqt: telefon qaramligidan qutulish uchun 8 qadam

    Layfstayl | 28 iyun, 11:02

    Qibrayda fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.