18-iyul kuni Yaponiyaning Kioto shahridagi Kyoto Animation anime-studiyasi binosiga 41 yoshli erkak kelib, qasddan yong‘in sodir etdi. Bu haqda “Meduza” xabar qiladi.
U bino ichiga kerosin quyib, “Hammangiz o‘linglar!” deya baqirib, o‘t qo‘yib yubordi. Bu paytda binoda 70 kishi bor edi. Ulardan 33 nafari halok bo‘ldi, 30 dan ortig‘i kasalxonaga yotqizildi. Jinoyatchining binoga o‘t qo‘yishdan maqsadi nima bo‘lgani noma’lum. Uning o‘zi ham yong‘inda jarohat olgan, hozircha politsiya uni so‘roq qila olmaydi.
1981-yilda tashkil etilgan Kyoto Animation — eng mashhur anime yaratuvchi studiyalaridan biri. Uning asarlari orasida “Klannad”, “Xaruxi Sudzumi melanxoliyasi”, “Kanon”, “K-On!”, “Vayolet Evergarden” kabi animelar mavjud.
Izoh (0)