Turli hududlardan xonadonlarda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar haqida xabarlar oqimi to‘xtamayapti. Bu haqda “Potrebitel.uz” ma’lum qilgan.
Foydalanuvchilar tarmoqlaridagi kuchlanishni suratga olib, guruhlarga qo‘ymoqda. Ko‘pchilikda kuchlanish 150 voltdan yuqori ko‘tarilmayotganini ko‘rish mumkin. Bunday kuchlanishda elektrda ishlaydigan qurilmalardan foydalanib bo‘lmasligi ayon.
Kuchlanishning ommaviy pasayishini jazirama bilan izohlagan taqdirda ham tabiiy savol tug‘iladi: elektr ta’minoti uchun mas’ul shaxslar O‘zbekistonda yoz mavsumida harorat yuqori bo‘lishini bilmasmidi?
Izoh (0)