Xonanda Jahongir Otajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Jahongir Otajonov uni “narkoman” deya izoh qoldiradigan muxlislari haqida gapirdi.
Meni ‘narkoman’ deyishadi. Foto yoki video postlarimning izohlarida ham bu haqida ko‘p yozishadi. Meni chekayotganimni ko‘rishganmi?Oldin men bilan gaplashib ko‘rishsin, keyin xulosa qilishsin. Shunday deb o‘ylayotgan, yozayotganlarga ‘qiyomatda o‘zingizga yuk olmang’, deya javob yozaman. Allohning bergan iste’dodini qanaqadir nasha chekkan bilan borabar qilish noto‘g‘ri. Yillar mobaynida semirmaganim mening aybim emas, bu mening nasibam.
Jahongir Otajonov, xonanda
Izoh (0)