O‘zbekiston san’atkorlari Bolgariya respublikasida o‘tkazilgan “Euro Folk-2019” folklor chempionatida ishtirok etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Chempionatda 20 davlatdan 40 dan ortiq guruhlar qatnashdi. O‘zbek san’atkorlari ashula, musiqa va raqs uyg‘unligi yo‘nalishida gran prini qo‘lga kiritdi hamda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, “Euro Folk-2019” folklor chempionatida 1-o‘rin Bolgariya va 3-o‘rin Ukraina davlatiga nasib etdi.
Izoh (0)