AQShning Florida shtatidagi Planteyshn shahrida joylashgan savdo markazida gaz portlashi ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlash tufayli markaz qisman vayron bo‘lgan, avtoturargohdagi mashinalar shikastlangan.
Shahar politsiyasiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 20 kishi yaralangan, ulardan ikki nafari jiddiy jarohat olgan. Hodisa joyi yaqinidagi barcha do‘kon va ofislar yopilgan.