Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti parlament assambleyasining siyosiy masalalar va xavfsizlik qo‘mitasi Rossiya Qrimga tegishli ekanligini inkor etuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Qaror 54 nafar qo‘mita a’zosi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Olti kishi unga qarshi chiqdi, shuncha odam betaraf bo‘ldi.
Hujjat muallifi Ukraina Oliy radasi deputati Artur Gerasimov bo‘ldi. U Rossiyani Qrimni o‘z hududiga qo‘shish qaroridan voz kechishga va yarim Orolni Kiyev nazorati ostiga qaytarishga chaqirdi.