Barensevo dengizida halok bo‘lgan suv osti dengizchilarining dafn marosimida ular halokatning oldini olgani aytildi, deb xabar berdi Meduza.
“Ular o‘z hayoti evaziga uch nafar do‘sti, kemani qutqardi, sayyora miqyosidagi halokat yuz berishining oldini oldi”, — dedi yuqori martabali harbiy xizmatchi.
Dengizchilar aynan qanday halokatning oldini olgani aytilmagan.
Marhumlarning dafn marosimi Peterburgda yopiq tarzda o‘tgan. Qabristonga kirish joyi Rosgvardiya tomonidan nazorat qilingan.