Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari orqali yagona maktab formasi savdosini tashkil etish taqiqlanganligini eslatib o‘tdi.
Direktorlarning yagona maktab formasi savdosi yoki boshqa bichimdagi formalarni markazlashgan holda joriy etishni tashkil etishi taqiqlanadi. Maktab formalari savdosi maxsus savdo shaxobchalari orqali tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, yagona maktab formasi 2019/2020-o‘quv yilidan emas, balki 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.
2024/2025-o‘quv yiliga qadar o‘quvchilar maktablarga yagona maktab formasida kelishlari ixtiyoriy bo‘ladi.