Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar iqtisodiy sudining qarorlariga asosan qarzdor Enter Engineering Pte Ltd kompaniyasi hisobidan undiruvchi xorijiy korxona “Severodenetskiy OGRXIM” (Ukraina) foydasiga yirik miqdordagi qarzdorlikni undirish belgilangan edi.
Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida undiruvchi “Severodenetskiy OGRXIM” foydasiga jami 942 528 AQSh dollari miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirib berilishi ta’minlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Izoh (0)