Yangiyo‘lda hokimiyat shahardagi mashhur kurantlarni buzib tashlashni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Potrebiteli” guruhi asoschisi Liliya Nikolenko.
“Kechadan beri yangiyo‘lliklar ‘qanday qilib?” deb yozmoqda. Avvalroq xususiy savdo markazi qurish uchun tarixiy teatr binosini buzishgandi. Mana endi kurantlarga navbat kelibdi. Hokimiyat vakillarining aytishicha, kurantlar yo‘l kengayishi munosabati bilan buziladi. Agar yo‘l qurilishi munosabati bilan shahar o‘zining noyob ko‘rinishini yo‘qotsa, bunday yo‘llarning nima keragi bor? Aytgancha kurantlarning o‘z tarixi bor. Ularni shaharga chexlar sovg‘a qilgan” — deb yozadi Liliya Nikolenko.