• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qaysi sabzavotlar saratonni davolaydi? Dunyo davlat rahbarlaridan qaysilari eng ko‘p maosh oladi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi. 

    Neft borasidagi manfaatlar kimlarni birlashtirmoqda?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    OPEK bu hafta o‘z tarkibiga Rossiya, Meksika va Qozog‘istonni qo‘shib olib, yanada kuchaydi. Endi bu tashkilot neft bahosini butun dunyo bo‘ylab belgilash imkoniga ega bo‘ladi. Yangi neft oilasi shu munosabat bilan hatto she’r e’lon qildi: “Ishonchsizlik qolmoqda, lekin kelajak yaqin”.

    Rossiya va Saudiya Arabistoni 22 davlat vakillari bilan birgalikda OPEKning yangi nizomini qabul qildi. Endilikda bu tashkilot neft bahosining pasayib ketishiga qarshi barcha choralarni ko‘ra boshlaydi. Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, ikki yildan beri bu mamlakatlar AQSh neft bahosini pasaytirishiga qarshi kurash olib bormoqda. Chunki AQSh yaqinda neft qazib olish bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatiga aylandi. OPEK esa qisqarib, qazib olinishi kerak bo‘lgan neftning yarmini olmoqda.

    Dastlab yangi birlashmani vaqtinchalik deb o‘ylashgan edi, lekin seshanba kuni OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo bu bitim “katoliklardagi nikoh kabi abadiy” deb bayonot berdi.

    Bu loyiha 2016-yilning oxirida, o‘zaro ziddiyatlarga qaramasdan, Saudiya Arabistoni va Rossiya yarim yilga neft qazib olishni kamaytirishini e’lon qilgach boshlangan edi. Bu bitimning uzaytirilishi haqida Osakadagi G20 sammitida Rossiya prezidenti e’lon qildi. Bundan oldin Putin Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmon bilan uchrashgan ham edi. Endi navbat Putinning Saudiya Arabistoniga kutilayotgan safari davomida boshqa OPEK davlatlari bilan birgalikda neft kartelining yangi xartiyasini imzolashdan iborat.

    Neft eksporti bilan shug‘ullanayotgan davlatlar yangi texnologiyalar asosida AQSh tobora ko‘proq neft qazib olayotgani va bu sohada AQSh ta’siri kuchayib borayotganidan xavotirga tushib qolgan.

    OPEKning xalqaro maydonda zaiflashib qolishi bois Saudiya Arabistoni boshchiligidagi tashkilotga o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun yangi usullar kerak bo‘lib qoldi.

    Ulkan zaxiralarga ega bo‘lgan Rossiya tashkilotni qo‘llab-quvvatlashi ayni muddao bo‘ldi.

    Meva va sabzavotlar saratonga qarshi

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Times nashri olimlar olib borgan bir qiziqarli tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Tadqiqotlarga ko’ra, qabul qilingan dorilar qatorida apelsin, sabzi, karam va uzum saratonga qarshi kurashda bir xil ta’sirga ega. Ulardagi molekulalar asosida bu kasallikka qarshi “super taom” ishlab chiqarish mumkin.

    Olimlar 7962 biologik faol molekulalarni algoritm orqali tekshirib ko‘rib, ulardan 110 tasi qabul qilingan dorilarning o‘rnini bosishi mumkinligini aniqladi.

    Saratonni yo‘q qiladigan molekulalarga ega mahsulotlarga apelsin, sabzi, uzum, rayhon, ukrop, karam va xushbo‘y selderey kiradi. Algoritm modellashtiriluvi natijalariga ko‘ra, bu mahsulotlar tarkibidagi molekulalar dori vositalaridagi molekulalarga bas keladi. Choy ham saratonga qarshi kurashda yaxshigina afzallikka ega ekani ko‘p marotaba isbotlandi.

    Tadqiqotchilar hozircha biologik faol molekulalar konsentrasiyasi davolanish uchun qancha miqdorda bo‘lishi kerakligini aniqlagani yo‘q. Lekin tadqiqotlar davom etmoqda.

    Kim ko‘p maosh oladi?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shvetsiya bosh vaziri Lyoven dunyoning yetakchi davlat rahbarlari bilan solishtirganda qancha maosh olishini ochiqladi, deb yozadi Nyheter24 nashri.

    Shvetsiya bosh vazirining maoshini oshiradigan bo‘lishdi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, u haqiqatan ham ancha ko‘p maosh oladi. Boshqa davlatlarning rahbarlari-chi?

    Ma’lum bo‘lishicha, Vladimir Putin va Emmanuel Makron ham Lyovenga nisbatan kamroq maosh olar ekan. Shu bilan birga, Angela Merkel va Donald Tramp ancha ko‘p oylik olishi aniq bo‘ldi.

    Yaqinda paydo ma’lumotga ko‘ra, bosh vazirning oylik 172 000 krona maoshiga yana 4 ming krona qo‘shiladi. Natijada bosh vazir 176 ming krona maosh ola boshlaydi. O‘zbek so‘mida hisoblanganda bu 166 995 593 so‘miga teng qiymatga ega bo‘ladi. Uning yillik maoshi 2 112 000 kronani tashkil etadi.

    Prezident Tramp Lyovendan ancha ko‘p maosh oladi. AQSh prezidenti vazifasini bajarar ekan, Tramp yiliga 400 000 dollar maosh oladi. Prezident kursisiga o‘tirgan paytidan boshlab Tramp maoshini turli idora va tashkilotlarga beg‘araz yordam sifatida o‘tkazib keladi. CNN xabariga ko‘ra, shu yil bahor faslida Tramp bu mablag‘ni Milliy xavfsizlik vazirligiga tortiq qilgan.

    Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham Lyovendan kamroq maosh olishi malum bo‘ldi. Orban mamlakatni 2010-yildan beri boshqarib keladi. Boshqaruvning avtoritar uslublarini xush ko‘ruvchi Orban 21 million vengr forinti miqdorida maosh oladi.

    Rossiya prezidenti Putin Lyovendan kam maosh oladi. Putin mamlakatni 2012-yildan beri boshqarib keladi. Hozirda uning 4-prezidentlik muddati ketmoqda. Dunyo Putinga turlicha munosabatda, lekin hech kim uning qo‘l ostida katta hokimiyat borligini inor qilmaydi. Forbes nashri ketma-ket to‘rt marta Putinni yilning ta’sirli odami deb e’tirof etgan.

    Euronews ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda Putinning maoshi ikki marta kamaygan. 2018-yilda Putin 8 600 000 rubl miqdorida maosh olgan. Bu uning 2017-yildagi maoshidan ikki barobar kam. Shu bilan birga, Washington Post nashri Putinning boyligini bir necha milliard dollar tashkil etishini yozgan edi.

    Prezident Makron Lyovenga nisbatan kamroq ish haqi oladi. Bu 2012-yilda Fransiya yuqori martabali rahbarlarining maoshlarini anchayin kamaytirilgani bilan bog‘liq. Bu yetmaganday, Makron jamoatchilik fikri bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishining oldini olish uchun o‘z maoshining oshirilishidan bosh tortdi.

    Connection keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Makronning oylik maoshi taqriban 15 ming yevroni tashkil etadi (144 359 015 so‘m) va bu summa Lyovenning maoshidan biroz kamdir.

    Germaniya kansleri Angela Merkelning kanslerlik maoshi unga oyiga 18 ming yevro keltiradi. Bu maoshga qo‘shimcha ravishda Merkel xonim parlamentda o‘tirgani uchun 4500 yevro oladi.

    Yevropada anomal issiqlik ta’sirida qoladimi?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Fransiyada harorat 42,5 darajaga ko‘tarildi. Sinoptiklar issiqlik yanada ko‘tarilib borishini aytmoqda. Bu safargi issiq ob-havo har qachongi rekordlardan ham o‘tib ketdi. Sababi, asfalt va betondan qaytayotgan issiqlik harorat yanada ko‘tarilishiga olib kelmoqda, deb yozadi Washington Post nashri.

    O‘ta issiq ob-havo uysizlar, konditsioneri yo‘qlar va keksalarga muammo keltiradi.

    Havoning yuqori darajada isishi, Potsdam universiteti professori Stefan Ramsderning aytishicha, “unsiz qotildir”. 2003-yilda issiq ob-havo Yevropada 70 ming insonni hayotdan olib ketgan. “O‘tgan yili Germaniyada hukm surgan issiq ob-havo ming kishini hayotdan olib ketdi”, deb yozadi u o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

    Fransiya hududining yarmida va Parijda xavfning sariq darajasi e’lon qilindi.

    Germaniya, Ispaniya, Daniya va Shveysariyada issiq ob-havo rekord darajaga yetishi kutilmoqda.

    Britaniya va Irlandiyada issiq bu qadar xavfli bo‘lmasa-da, odatdagidan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

    Yoz boshida issiq bu qadar yuqori bo‘lishi ikki joy sabablidir. Ulardan biri Grenlandiya yonida bo‘lsa, ikkinchisi Markaziy va Shimoliy Yevropa chegarasidir. Keyingi kunlarda ularning yuqori havo bosimi birlashadi va Yevropaga sovuq havo oqimi olib keladigan past bosim yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Natijada qaynoq Sahroi Kabir cho‘llarida paydo bo‘ladigan issiq havo Fransiya, Ispaniya va Germaniya hududiga yoyiladi. Bu esa yangi issiqlik rekordi va momaqaldiroqlarga sabab bo‘ladi. Ayrim joylarda issiqlik to‘lqini haqiqiy shokka aylanishi mumkin.

    O‘tgan yilgi issiq yoz qurg‘oqchilik bilan kuzatilgan edi, oqibatda ko‘plab o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan.

    1500 yildan keyin Yevropada eng issiq yoz sifatida 2018, 2010, 2003, 2016, 2002-yillar e’tirof etilgan.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    06.07.2019, 08:49   Izoh (0)   109140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Minskda portlab ketgan mushakbozlik ishi bo‘yicha Rossiya kompaniyasining ikki nafar xodimi qo‘lga olindi

    06.07.2019, 08:16

    Poroshenko bankdan 34 million dollar naqd pul yechib olgani ma’lum bo‘ldi

    06.07.2019, 07:29

    Rossiyada yetti nafar FXX xodimi bosqinchilikda gumonlanib hibsga olindi

    06.07.2019, 07:10

    Vashingtonda Saudiya Arabistoni tarixidagi ilk ayol elchi ish boshladi

    05.07.2019, 17:05

    Malayziyada “Uoll-stritlik bo‘ri” filmi prodyuseriga “pul yuvish” ayblovi qo‘yildi

    05.07.2019, 15:22

    Janubiy Karolinada feyerverklar do‘koni yonib ketdi (video)

    05.07.2019, 14:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya AQSH prezidentiga tabiiy boyliklarini taklif qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 13 may, 13:29

    Jeyson Steytem va Rouzi Hantington-Uaytli farzandlari uchun AQSHni tark etdi

    Layfstayl | 13 may, 12:56

    Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilishni kamaytiradi

    Dunyo | 13 may, 12:53

    Vitor Reys Abduqodir Husanov haqida gapirdi

    Sport | 13 may, 12:41

    Meksika Google’ni ko‘rfaz nomini o‘zgartirgani uchun sudga berdi

    Dunyo | 13 may, 12:34

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 12:16

    Instagram: Kosmetika ishlab chiqarayotgan Munisa Rizayeva, Malika Ravshanova xonadonida xursandchilik, Yulduz Usmonova Shirin Abdullayevaga atab qo‘shiq kuyladi

    Shou-biznes | 13 may, 11:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.