Belarus Respublikasining mustaqillik kunida otilgan mushaklarni yetkazib bergan Rossiya kompaniyasining ikki nafar xodimi Minskda qo‘lga olindi, deb xabar beradi Meduza.
Qo‘lga olinganlarning ismi oshkor etilmadi, faqatgina ulardan birining yoshi 25 da, ikkinchisiniki 28 da ekanligi aytilmoqda. Ular pirotexnika vositalari bilan ishlash qoidalarini buzganligi uchun inson o‘limiga sababchi bo‘lganlikda gumonlanmoqda.
Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, kompaniya xodimlari mushaklar bilan ishlashda ko‘zda tutilmagan usul — “pirotexnika zaryadlariga mortir orqali mexanik ta’sir ko‘rsatish”dan foydalangan.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyul kuni Minskda bo‘lib o‘tgan mushakbozlik oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)