2019-yil 27-iyun kuni soat 22.30 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Surxondaryo viloyatining Denov tumani, Qiziljar mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-588 yo‘lining 26-kilometrida haydab ketayotib, O‘rikzor mahallasida yashagan 41 yoshli R.V.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgandi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Buning oqibatida piyoda R.V. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini “Totuvlik” mahallasida yashovchi 35 yoshli O.H. o‘zining “Zil-130” yuk avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
IIV ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etib, voqea joyidan yashiringan haydovchini aniqlashda ichki ishlar organlari xodimlariga xabar qilib, yaqindan yordam bergan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan.
Izoh (0)