• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zamonaviy agrologistika markazlari barpo etilib, qishloq xo‘jaligida kooperatsiya kengaytiriladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida xabar qilinadi.

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

    Mamlakatda yiliga 20 million tonna meva-sabzavot yetishtiriladi. Lekin ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi atigi 15 foiz bo‘lib, shundan 7-8 foizi eksport qilinmoqda. Infratuzilma yetarli emasligi tufayli yig‘ishtirish va saqlash jarayonida 30 foiz mahsulotlar yo‘qotilmoqda.

    Bu sohadagi imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash kengaytirilsa, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirish mumkin.

    Davlat rahbari buning uchun, avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish jarayonlarini qamrab oladigan zamonaviy agrologistika markazlarini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda 31 ta agrologistika markazi, 1 ming 500 ta sovutkich omborlari mavjud. Ularda jami yetishtiriladigan meva-sabzavotning 4,5 foizinigina saqlash mumkin. Bu juda kam, albatta.

    Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror saqlash, bozorga doimiy yetkazib berish uchun keng infratuzilma yaratish zarurligini ta’kidladi.

    2025-yilga qadar sovutkichlar sonini 4 ming 500 taga, agrologistika markazlarini 140 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti ishtirokida Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida agrologistika markazlari barpo etish, Jizzax, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham shu boradagi ishlarni boshlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda mahsulot yetishtiruvchilar bilan qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

    Masalan, meva-sabzavotning 65 foizi, go‘sht va sut mahsulotlarining 93-95 foizi dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida yetishtirilmoqda. Biroq, shu mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar 50-60 foiz quvvatda faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili meva-sabzavotning 19 foizi, go‘sht va sut mahsulotlarining 16 foizigina sanoat darajasida qayta ishlangan, xolos.

    – Kooperatsiya aholi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sanoatga jalb qilishning eng samarali yo‘li. Bu orqali, birinchidan, aholi daromadli bo‘ladi, ikkinchidan, sanoat uzluksiz xomashyo bilan ta’minlanadi, – dedi Prezident.

    Shu borada yana bir misol. Odatda uzum, qovun, tarvuz, qovoq va anorning urug‘i tashlab yuboriladi. Xorijda bu urug‘lar qayta ishlanib, tansiq mahsulotlar tayyorlanadi. Xususan, bir kilogramm tarvuz urug‘i yog‘i jahon bozorida 28 dollar, anor urug‘iniki esa 350 dollar turadi. O‘zbekistonda ham ushbu mahsulotlarni yig‘ib olish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilsa, yiliga 250 million dollarlik eksportbop mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har bir tumanda kamida beshtadan qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarini tashkil etish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yildi.

    Qishloq xo‘jaligi korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tayotgani ishlab chiqarish va ulgurji savdoni rivojlantirish bilan birga kooperatsiyani kengaytirishga ham zamin yaratishi qayd etildi.

    Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, eksportdagi raqobatbardoshligi malakali laboratoriya tekshiruviga ham bog‘liq. Yig‘ilishda bu borada ham qilinadigan ishlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sinash bo‘yicha Jahon savdo tashkilotining talablariga mos 775 ta standart bo‘lsa, mamlakatda ularning 100 tasi joriy qilingani, 100 dan ortiq laboratoriyadan atigi 10 tasi xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgani tanqid qilindi. Bu korxonalar mahsulotlarini eksport qilish, import tovarlarning esa sifatini tekshirishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

    Shu bois “O‘zstandart” agenligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli inspeksiyalarga oziq-ovqat sifati bo‘yicha xalqaro standartlarni 500 taga yetkazish, to‘liq sinovlar o‘tkazish imkoniga ega laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Agrosanoatni jadal rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi sohasida mega loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

    Muhokama qilingan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

    04.07.2019, 20:51   Izoh (0)   7720
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istondagi yangi Jel koni 6,4 mlrd kubometr gaz beradi

    04.07.2019, 20:12

    Istanbulda 2 o‘zbekistonlik vafot etdi: biri basseynda hushini yo‘qotgan, biri velosipeddan yiqilgan

    04.07.2019, 19:33

    Toshkent sirki 2020-yil Navro‘zgacha to‘liq ta’mirlab bo‘linadi (video)

    04.07.2019, 19:07

    Toshkent shahar hokimi: Har bir yoshning o‘zi istagan joyda o‘qishi va ishlashi uchun sharoit yaratishimiz kerak (video)

    04.07.2019, 18:41

    Daryo Weekend: Dam olish kunlari (6—7-iyulda) kutilayotgan tadbirlar anonsi! (video)

    04.07.2019, 18:29

    5-iyul kuni O‘zbekistonda havo 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    04.07.2019, 18:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozda ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun qanday taom va ichimliklar iste’mol qilish kerak? Mutaxassis tavsiyalari

    Maslahatlar | 14 iyul, 16:10

    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

    Reklama | 14 iyul, 15:00

    Prezident farmoni bilan AOKA faoliyati tugatildi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 16:01

    Rasman. “Barselona” Kuvaytda tug‘ilgan 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

    Sport | 14 iyul, 16:00

    Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 15:55

    O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ortidan qancha jinoiy ish ochilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 15:50

    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

    Reklama | 14 iyul, 13:32

    Putin Trampni 60 kun ichida Ukrainaga katta hujum boshlashidan ogohlantirdi — OAV

    Dunyo | 14 iyul, 15:40

    Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.