2019-yil 27-iyun kuni Istanbul shahrida (Turkiya) 1993-yil 22-mayda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmal Ravshanovich Mamirjanov vafot etgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilmoqda.
A.Mamirjanovning sog‘lig‘i u basseynga borgan paytda yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, 2019-yilning 30-iyun kuni Istanbul shahrida velosipeddan yiqilish natijasida boshidan jarohatlanishi oqibatida 1967-yil 5-fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zulfiyaxon Davlatovna Sharafuddinova ham vafot etgan.
Bosh konsulxona qayd etilgan holatlarni nazoratga olgan va o‘zbekistonliklarning jasadlarini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida ularning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi.
Konsullik-huquqiy departament marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.
Izoh (0)