O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 7-iyul kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi, bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar qiladi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan turli sohalarda mintaqalararo hamkorlik, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasini amalga oshirish doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, vazirlar xalqaro kun tartibida ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Bishkek shahrida tashrifi dasturidan vazirlar uchrashuvida ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)