• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senator: “Qurol to‘g‘risida”gi qonun bizga kerak edimi, deb murojaat qilishmoqda

    Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Qurol to‘g‘risida”gi qonun ma’qullangan edi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida ushbu qonun yuzasidan turli muhokamalar avj oldi.

    Foto: Milliy matbuot markazi

    Foto: Milliy matbuot markazi

    Jurnalist Jonibek Ma’rupov ushbu hujjat xususida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farruh Dadaxo‘jayevning munosabati bilan qiziqdi.

    Qonun hali kuchga kirgani yo‘q. U senatorlar tomonidan ma’qullandi, ammo hali Prezident imzolamagan. Ushbu hujjat to‘g‘risida turli saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda atroflicha fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Afsuski, ko‘pchilikning noto‘g‘ri talqin qilishi oqibatida aholi orasida bahs-munozaralar yuzaga kelmoqda. Munosabat bildiruvchilar ikkiga bo‘lingan, biri ijobiy baholasa, yana ba’zilari esa zararli tomonlarni tahlil qilmoqda. Hatto qo‘mitamizga ushbu qonunni bekor qilishimizni so‘rab murojaat yo‘llaganlar ham uchrayapti. Aholi orasida qurol deyilganda faqatgina o‘qotar vosita nazarda tutilmoqda. Tabiiyki, bu ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lyapti.

    Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Sababi, qurol bilan tahdid qilish emas, aksincha, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash qonunning asosiy maqsadi hisoblanadi.

    Yana bir jihatga e’tibor qaratsak, bugungi kunda ushbu sohaga oid aniq bir qonunning yo‘qligi ko‘pgina huquqiy bo‘shliqlarni vujudga keltirmoqda. Birgina misol tariqasida aytish mumkinki, O‘zbekistonda Ovchilar uyushmasidan 39 ming nafardan ortiq ovchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularda 53 mingdan ziyod o‘qotar ov qurollari mavjud. Ovchilik bilan shug‘ullanadigan xavaskorlar, umuman bu boradagi ishlar normativ hujjatlar asosida huquq-tartibot organlari tomonidan tartibga solinar edi. Lekin mukammal ishlab chiqilgan yaxlit bir qonun yo‘q. Shu bois, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solish va nazorat qilishda mazkur “Qurol to‘g‘risida”gi qonun asosida ish olib boriladi.

    Shuni ham aytish joizki, hujjatda fuqaroviy, xizmat hamda jangovar qurol turlari tasniflangan. Fuqarolar faqat fuqaroviy, xususan, ov, sport va o‘zini o‘zi himoya qilish qurollaridan foydalanishadi. Bundan tashqari, pnevmatik, ya’ni tirdan foydalaniladigan qurollar ham ushbu qonun asosida tartibga solinadi.

    Farruh Dadaxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi  

    “Hamma fuqarolar ham quroldan foydalanish huquqiga ega emas”

    Senatorning aytishicha, qonunga ko‘ra, barcha fuqarolar quroldan foydalanish huquqiga ega emas.

    “Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan, qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, jinoiy jazoni o‘tayotgan va o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqarolar quroldan, ovchilikdan foydalanishiga ruxsat berilmaydi. Buning barobarida, jamoat, belgilangan boshqaruv tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etgan yoki ov qoidalarini buzgan, badanga yengil shikast yetkazgan va giyohvandlik vositalarini, ularga o‘xshash vositalarni yoki psixotrop moddalarni uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlagan, olgan, saqlagan hamda tashigan yoki jo‘natgani uchun bir yil davomida takroran ma’muriy javobgarlikka tortilgan fuqarolar ham ov quroli va uning o‘q-dorilarini ishlatishi mumkin emas”, — deydi Farruh Dadaxo‘jayev.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga asosan ov quroliga egalik qilish uchun fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

    “Xulosa qilib aytganda, mazkur qonun qabul qilinishi mamlakatimizda qurol muomalasining huquqiy asoslarini belgilash, umuman olganda, qurolni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatishga emas, aksincha, undan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi”, — deya so‘zlariga yakun yasaydi senator.

    01.07.2019, 18:12   Izoh (0)   19658
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DTM: Joriy yilda test sinovlari kuzatuvchilariga kuniga 200 ming so‘mdan haq to‘lanadi

    01.07.2019, 18:08

    Ahmadboyning yangi ishi: yana 170 ga yaqin jabrlanuvchi sudda ko‘rsatma beradi

    01.07.2019, 17:59

    So‘z erkinligi — birovni haqorat qilish degani emas. Komil Allamjonov blogerlar o‘rtasidagi ziddiyatga munosabat bildirdi (video)

    01.07.2019, 17:33

    Farg‘onada 72 yoshli erkak talaba bo‘lish istagida OTMga hujjat topshirdi

    01.07.2019, 17:21

    Taqiqlangan tashkilotlarga a’zoligi uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki shaxs Afg‘onistonda ushlandi

    01.07.2019, 17:07

    Qobuljon Ahmedov “Yoshlar” telekanali direktori etib tayinlandi

    01.07.2019, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.