“Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini faollashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (525-son, 25.06.2019-y.). Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.
Qarorga muvofiq:
— Toshkent viloyati Bekobod shahrining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini qo‘shish hisobiga “Angren” erkin iqtisodiy zonasi kengaytiriladi;— 2020–2021-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda yangidan qo‘shilayotgan hududda “Angren” EIZning muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturga kiritiladi.
Mazkur erkin iqtisodiy zona hududida umumiy qiymati 24,5 mln AQSh dollarilik istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan.
Izoh (0)