O‘zbekistonda akreditatsiyadan o‘tgan 27 xorijiy elchixonalarning harbiy attashelari Mudofaa vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik rejasiga asosan Sharqiy harbiy okrugning Qo‘qon garnizonida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonlar ekskursiyani Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasini ziyorat qilishdan boshladi. So‘ng harbiy attashelar va ularning yordamchilari Qo‘qon garnizonidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.
Ular bu yerda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirilgan.
Xabarda aytilishicha, harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv sinflari va mashg‘ulot maydonchalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Izoh (0)