Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Tibilisida o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari fonida Gruziya nomini Sakartveloga o‘zgartirish taklifini bildirdi, deb xabar beradi “Bigmir.net”.
Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, u “gruzin xalqining Rossiya tajovuziga qarshi kurashini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”.
“Rossiya turistik sektorda aviaxabarlar almashinuvini yopib qo‘yib yangicha zarba berdi. Albatta, men ukrainaliklarda Ukrainada dam olishlarini maslahat beraman, biroq xorijda yoki bosib olingan Qrimda ta’tilni o‘tkazishni rejalashtirganlarga Gruziya tomon yo‘nalish olishni tavsiya qilaman”, — deydi sobiq prezident.
Poroshenko ukrainaliklarni “gruziyalik birodarlarini og‘ir kunda tashlab ketmaslikka”, mamlakat Vazirlar Mahkamasini esa “Ukraina—Gruziya—Ukraina” yo‘nalishi bo‘yicha turistlarga chegirma berishga chaqirdi.
Izoh (0)