27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositasi xodimlari kuni, kasbiy bayram arafasida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi Termizdagi afg‘on yoshlari o‘quv markazi talabalari uchun “Afg‘oniston – mening Vatanim” va “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzuida insho tanlovining o‘tkazgan edi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi mutaxassisi Umida Mirzamatova xabar berdi.
Unda markaz bitiruvchilari Aziz Ahmad Aminiy va Feruzulloh Sirdosh g‘olib bo‘ldi. Ijodiy uyushma Farg‘ona viloyat bo‘limi barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olib, ularni Farg‘onaga taklif etdi. Ular 3 kun davomida Qo‘qonda tarixiy obidalar, zamonaviy inshootlar bilan tanishdi. Kuzda bo‘lajak Hunarmandlar xalqaro festivali o‘tadigan manzillarda bo‘ldi. Marg‘ilondagi Erkin Vohidov muzeyi, Burxoniddin Marg‘inoniy va Pir Siddiq yodgorliklariga borib tanishdi. Hunarmandlar markazidagi atlas, adras tarixi ko‘rgazmalari, ustazodalarning ta’lim maktablari ularda unutilmas taassurot qoldirdi. Rishton kulolchilik ustaxonalaridagi san’at asarlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Farg‘ona shahrining bugungi, yangi qiyofasi, Al-Farg‘oniy yodgorligi, san’at saroyi, sport inshootlaridan hayratlandi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limida Afg‘oniston yoshlari uchun rasmiy qabul uyushtirdi. Unda mehmonlarga ish faoliyati, viloyat OAVlari haqida ma’lumot berildi. Bundan keyin Afg‘oniston va Farg‘ona viloyati yoshlari hamla OAVlari o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib boraveradi deyildi, qabul chog‘ida.
Afg‘on yoshlari Farg‘ona viloyati jurnalistlarning kasb bayramida ishtirok etdi. Ularga uyushmaning g‘oliblik diplomi va sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)