Polshaning Opole shahrida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Opolski Festiwal Skoków xalqaro musobaqasida ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan o‘zbekistonlik atlet Nadiya Dusanova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkinchi o‘rin Ukraina vakilasi Irina Gerashenkoga nasib etgan bo‘lsa, italiyalik Alessiya Trost kuchli uchlikka yakun yasadi.
E’tiborlisi, barcha sovrindorlar bir xil 1 metr 86 santimetr natija qayd etdi. Dusanova ushbu balandlikni birinchi urinishning o‘zidayoq zabt eta olgani uning yuqori o‘rindan joy olishini ta’minladi. Qolgan sovrindorlar esa bu natijaga 2 tadan urinishda erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)