Namangandagi Yoshlar markazida umumta’lim maktablarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Hamdamjon Mamadaliyev

Marosimda fan olimpiadalari va xalqaro tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Hamidulloxon Abdurahmonov, Olimaxon Tojiboyeva, Yodgor Zokirjonov, Jaloliddin Sirojiddinov kabi o‘quvchilar hamda ularning ustozlari viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Foto: Hamdamjon Mamadaliyev

Bu yil viloyatdagi umumta’lim maktablarini 21048 nafar o‘g‘il-qiz tamomladi. Ularning 621 nafari medallar sohibiga aylandi. O‘quvchilarning 313 nafari oltin, 308 nafari esa kumush medalga sazovor bo‘ldi. Viloyat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Hamdamjon Mamadaliyev

Marosimda yigit-qizlarga oltin medallar topshirildi. Shuningdek, “Yil maktabi”, “Yil psixologi” kabi tanlovlarda yutuqlarni qo‘lga kiritgan ilm maskanlari, ustoz-muallimlar ham munosib taqdirlandi.