Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib borgan yig‘ilishda tumanni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy baholandi. Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Erkin Boyniyazov Oltinsoy tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.
Iqtisodiyot vazirligining hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Alisher Jumayev Oltinsoy tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Izoh (0)