21-iyun kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi ochildi.
Kun tartibidan bir qator tashkiliy masalalar o‘rin olgan.
“O‘zbekiston 24” telekanaliga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev Senat raisi lavozimiga Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga binoan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlangandi.
Izoh (0)