Xitoyning China Machinery Engineering Corporation davlat korxonasi Tojikistonda “Talko” alyuminiy kompaniyasi modernizatsiyasi bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Loyiha ikki yilga mo‘ljallangan, qiymati 545 million dollarni tashkil qiladi.
Modernizatsiya davomida Xitoy tomoni alyuminiy ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 ming tonnaga yetkazish rejalashtirmoqda.
Xitoy qanday shartlarda “Talko”ga sarmoya kiritishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)