“Real” sobiq hujumchisi Raul Madrid klubining zaxira jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
41 yoshli mutaxassis yangi mavsumdan “Kastilya”ni boshqaradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, jamoa Segunda Bda (mamlakat chempionatining 3-divizioni) to‘p suradi.
“Kastilya” 2018/19-yilgi mavsum chempionat jadvalida 4-o‘rinni egalladi va Segundaga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, Raul avvalroq “Real”ning yoshlar jamoasini boshqarib kelayotgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)