Gruziya parlamenti spikeri Irakliy Kobaxidze iste’foga chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Partiya bosh kotibi Kaxa Kaladzening so‘zlariga ko‘ra, bu qaror xalq oldidaga mas’uliyat hisoblanadi.
Kobaxidzening iste’fosiga 20-iyun kuni Tibilisida bo‘lib o‘tgan qarshilik namoyishlari sabab bo‘lgan.
O‘sha kuni Rossiya davlat dumasining deputati Gavrilov Gruziya parlamenti raisining kursisiga o‘tirib olgan. Bu hol esa radikal deputatlar orasida norozilik uyg‘otgan va majlis to‘xtatilgan. Kechqurun radikallar va muxolifatchi kuchlar parlamentni ag‘darishga kirishgan.
Gruziya muxolifat kuchlari Kobaxidzening iste’foga chiqishini talab qilgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya rasmiylari Gavrilovga mamlakatni “tutqazib” qo‘yish orqali vatanini sotgan.
Izoh (0)