Ukraina davlat tergov byurosi mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va Oliy Rada raisi Andrey Parubiyga nisbatan beshinchi jinoiy ishni qo‘zg‘adi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yurist Andrey Portnovga ko‘ra, jinoiy ish Poroshenko va Parubiy tomonidan 2016-yilda deputatlar fraksiyalari koalitsiyasi shakllantirilishi haqidagi hujjatlar soxtalashtirilishi va noqonuniy ravishda hukumat tuzilishi bilan bog‘liq.
Joriy yil 21-may kuni byuro Poroshenkoga nisbatan birinchi jinoiy ishni ochgandi. Sobiq prezident davlatga xiyonat va xizmat vakolatlarini suiste’mol qilishda ayblanmoqda.
Izoh (0)