• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namunali uylar Qoraqalpog‘istonning odatiy shamoliga bardosh berolmadi. Bunga kim javobgar?

    O‘zAda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassisi Oyjamol Yo‘doshboyevaning Nukusdagi namunali uylarning tomlari qattiq shamol tufayli uchib ketishi hamda bu holatning ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgani yuzasidan mulohazalari e’lon qilindi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ijtimoiy tarmoqlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi segmetida katta bahs munozaralarga sabab bo‘layotgan asosiy voqealardan biri – 14-iyun kuni soat 20:32 – 20:38 lar oralig‘ida yuz bergan kuchli shamol. Gap shamolning qancha tezligi yoki kuchliligi emas, balki shu vaqt oralig‘ida nimalar sodir bo‘lganida.

    “Bu dahshat edi. Shunchaki to‘zonni videoga olib turgandim. Ikki daqiqa ichida aqlga sig‘maydigan voqealar sodir bo‘ldi. Nukus shahrining markazida joylashgan namunali uylarning shiferlari shamolga bardosh berolmasdan uchib, yo‘l bo‘yiga odamlar va mashinalar ustiga tushardi. Hamma baqir-chaqir qilib, har joyga qocha boshladi”, – deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan biri Shuhrat Saidahmadov.

    “Bu anomal jarayon emas. Chang bo‘ronlari, mintaqada yuzaga kelgan vaziyat va iqlimdan kelib chiqib xulosa qilinsa, Qoraqalpog‘iston uchun xos. Shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi prognoz qilingan edi. Odatda bunday shamol chang va tuz zarralarini havoga ko‘taradi” deya ma’lum qildi “O‘zgidromet” vakillari.

    Kuchli shamol oqibatida Nukus shahri Qoraqalpog‘iston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 32-uy, Yerejepov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 10-uy, “Sarbinaz” MFYda joylashgan ko‘p qavatli 4/24-uy, “Samanbay” MFY Aybek ko‘chasi 100-uy hamda Respublika shoshilnch tez tibbiy yordam markazining tom qismi uchib tushgan. Bu uylarning aksariyati hali ba’zi egalari ham ko‘chib kirishga ulgurmagan “namunali uy”lardir.

    “Endi uyli bo‘ldik degandim”...

    Bunday holatlar birinchi marotaba emas. Har shamol yoki to‘zon bo‘lsa, bunaqa video va rasmlar ijtimoiy tarmoqlarda aylanishi tabiiy. Ammo, bir savol doim ochiqligicha qolib ketadi, nimaga ta’mirdan chiqqan yoki yangi qurilgan uylar bir shamol essa, ta’mirtalab holga kelib qoladi?! Tegishli tashkilotlar nimaga doim “umumiy javob” bilan cheklanishadi?! Bu uyga yetguncha yurtdoshlarimiz necha yillab mehnat qilishgan, halol pullari evaziga sotib olingan. Endi uyga yolchidim, boshimda boshpanam bor desa-yu, ammo shamolga chidam bermasdan “tom”i qulab tushsa. Qoraqalpog‘istondagi kuchli shamol doim kuzatiladigan holat. Hamma masalaning ekologik jihatiga, esgan shamolning (aholi uni tuzli shamol deb atashadi) inson organizmiga salbiy ta’siriga e’tibor berishdi va aksariyat bahs mulohazalar shu mavzu atrofida bo‘ldi. Albatta, masalaning bu tarafi eng asosiy hal bo‘linishi kerak bo‘lgan muammo, ammo masalaning yana bir tomoni borki biz unga odatda ko‘z yumamiz.

    N.R. (namunali uyda istiqomat qiluvchi fuqaro):

    “18 yildan ortiq uy-joysiz ijarada turmush o‘rtog‘im va uch nafar farzandim bilan yashadik. Bu uyga yetguncha ko‘rmagan azobimiz qolmadi, yosh farzanlarimizni qarindoshlarimizga tashlab, ikkalamiz Qozog‘istonga ishga ketgan vaqtimiz ham bo‘lgan. Tomog‘imizdan, kiyimimizdan tejab pul yig‘dik. Endi uyli bo‘ldik deganimizda, boshimiz ta’mirdan chiqmayapti. O‘tgan yili qizimizni uzatdik, shu paytda bir ta’mir qilgandik. Bu bo‘yicha hokimyatga ko‘p murojaat qilganmiz, ammo qoniqarli javob ololmadik. Nima qilamiz endi, shunusiga ham shukr deb, peshonani chappatlab yashayapmiz-da”.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Tegishli tashkilotlar nima deydi?

    Bu holat birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasida emas, balki barcha joylarda uchraydi. Bir narsa barchamizga ma’lumki, arzon yoki namunali deya e’tirof etilayotgan bu uy-joylarni fuqarolarimiz arzonga olishmagan. Yurtdoshlarimiz nechchi yillik mehnat, qog‘ozbozlik, u yoqga yugur, bu yoqga yugurlardan keyin egalik qilishmoqda. Uy olguncha shuncha sarson yetmagandek, endi yangi uyga ta’mir qilish yoki tegishli tashkilotlarda amaliy yordam kutish sarsongarchiligi bo‘layotgani bor gap. Bir narsani alohida aytib o‘tishimiz kerak, biz bozor iqtisodiyoti davrida yashayotgan ekanmiz, demak cho‘ntagimizdan chiqayotgan har bir tiyin uchun ham ish xizmatini talab qilishimizga haqqimiz bor. Shamolga ham taslim bo‘ladigan uy emas, balki nechcha yillar davomida baxtli hayot kechiraman deb, 50 yil kafolat muddati bor bo‘lgan uylar xarid qilinmoqda.

    Fuqarolarimiz shuncha yillar qiynalib erishgan uy-joylar nega sifatsiz – mendan ketgunicha, egasiga yetgunicha qabilida qurilmoqda?! Xo‘sh, endi buyog‘i nima bo‘ladi? Umid qilamizki, mutasaddilar hech bo‘lmasa bu marta o‘zlarining odatiy javoblari bilan cheklanib qolishmaydilar!

    18.06.2019, 13:41   Izoh (0)   21561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda erkak kishining jasadi topilgan edi. Uni 30 yoshli yigit urib o‘ldirgani aniqlandi

    18.06.2019, 13:08

    Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida inspeksiya tekshiruvi mashg‘ulotlari boshlandi

    18.06.2019, 12:39

    Samarqanddagi bog‘chada portlash yuzasidan viloyat FVB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi

    18.06.2019, 12:25

    Gulnora Karimovaning advokati mijozining ahvoli yaxshi emasligini ma’lum qildi

    18.06.2019, 12:11

    Bosh prokuror o‘rinbosari: Qamoqxonani mahkumlarga to‘ldirib tashlayverish bilan ish bitmaydi

    18.06.2019, 11:36

    Bosh prokuratura: “Ilhom” teatri asoschisi Mark Vaylning qotili O‘zbekistonga qaytarildi

    18.06.2019, 11:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.