• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Jusan”, “Mehr”. Markaziy Osiyo davlatlari Suriya va Iroqdan fuqarolarini qanday qaytarmoqda?

    Joriy yil Ramazon oyida 156 nafar O‘zbekiston fuqarosi Suriyadan qaytarildi. Ular 30-may kuni maxsus aviareys bilan Toshkentga olib kelindi. Bu borada qo‘shni mamlakatlardagi holat qanday? “Daryo” kolumnisti Azizbek Abduvaliyev Markaziy Osiyo davlatlarining Suriya va Iroqdan vatandoshlarni qaytarish bilan bog‘liq maxsus amaliyotlari tajribasini o‘rgandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qozog‘iston

    Kuzatishlarimizni Qozog‘istondan boshladik. Bu bejiz emas, chunki mazkur davlat Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib fuqarolarini Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan olib kelishga kirishdi.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    Maxsus amaliyot “Jusan” (“Yovshan”) deb nomlandi. Prezident Nursulton Nazarboyevning ko‘rsatmasiga binoan 2019-yil 5—6-yanvar kunlari o‘tkazilgan operatsiya natijasida Qozog‘istonga 47 kishi olib kelindi. Ularning 11 nafari ayol, 30 nafari bola edi.

    Operatsiya gumanitar maqsadlarni ko‘zlab, asosan bolalarni jangovar hududlardan olib chiqish, shuningdek, milliy xavfsizlikka ehtimoliy tahdidlarning oldini olish uchun amalga oshirildi.

    Qozog‘istonga olib kelinganlar maxsus karantin markazlariga joylashtirilib, shifokor va psixologlar nazoratida bo‘ldi. Noqonuniy xatti-harakatlarga qo‘l urgan erkaklar javobgarlikka tortildi. Jumladan, ulardan ikki nafari 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    Joriy yil aprel oyida Nur-Sulton shahrida tashkil qilingan “Radikalizmning oldini olishda Qozog‘iston tajribasi” mavzusidagi mediatur davomida qayd etilganidek, mintaqada radikalizm, ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olish maqsadida Qozog‘iston 2018-yilda to‘rt yillik maxsus dastur ishlab chiqdi. Suriya va Iroqdan o‘z fuqarolarini olib kelish dasturini amalga oshirish uchun qariyb 1 milliard dollar ajratildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Davlat bu mablag‘dan mazkur dastur asosida faoliyat olib boruvchi tashkilotlarga tanlov asosida ajratadi. Ulardan biri “Huquq” jamoatchilik fondi hisoblanadi. Fond, jumladan, “Jusan” maxsus amaliyotlarida Suriyadan Qozog‘istonga olib kelingan ayollar va bolalar bilan ishlaydi. Uning rahbari Olga Ril qozoq ayollarining aksariyati o‘z xohishlariga qarshi, eri yoki yaqinlarining bosimi ostida jang maydoniga ketganini aytadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Vataniga qaytgan ayrim ayollardan hatto oilalari ham voz kechgan. Biz ularga hayotini qayta yo‘lga qo‘yishida yordam beramiz. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, grantlar ajratiladi, bolalari bog‘cha yoki maktabga joylashtirilishida ko‘mak beriladi. Yanvar oyida olib kelingan ayol va bolalarning aksariyati tashkilotimiz ko‘magida hozir odatiy hayotga moslashgan”, — deydi fond rahbari.

    Qozog‘iston 7—9-may kunlari “Jusan-2” operatsiyasini amalga oshirdi va Suriyadan 231 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi. Ulardan 156 nafari asosan maktabgacha yoshda bo‘lgan bola, 18 nafari yetim.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    “Qozog‘iston terrorizmga qarshi kurash, shuningdek, qiyin vaziyatda qolgan fuqarolarga har tomonlama yordam berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini tasdiqlaydi. Gumanitar aksiya davom ettiriladi. Odamlarimizdan hech kim o‘z holiga tashlab qo‘yilmaydi”, — dedi ushbu operatsiyani o‘tkazishga topshiriq bergan yangi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    Olib kelingan ayollar va bolalarni ko‘zdan kechirgan shifokor Albina Aytpagambetovaning aytishicha, ular orasida o‘qotar quroldan yaralangan ayollar, hatto bolalar bor. Homilador yoki yangi tug‘ilgan chaqalog‘i bor ayollar ham keltirilgan.

    Psixolog Lola Shakimovaning ta’kidlashicha, muloqot va testlar natijasida ko‘p bolalarda ruhiy va nutq rivojidan ortda qolish, aqliy zaiflikning dastlabki alomatlari sezilgan. Bu ularning onalari homiladorligi og‘ir, urush sharoitlarida kechgani, ko‘plari yerto‘lalarda, shifokor ishtirokisiz bolasini dunyoga keltirgani bilan bog‘liq.

    “Ular o‘ta ehtiyotkor: joylashgan manzillari ustidan samolyot uchganida cho‘chib berkinganlari, stol yoki karavot tagiga yashirinishga harakat qilganlariga guvoh bo‘ldik”, — deydi Shakimova.

    28—31-may kunlari Qozog‘iston maxsus xizmatlari tomonidan “Jusan-3” operatsiyasi o‘tkazildi. Amaliyot davomida 67 ayol va 171 bola, jumladan, 9 nafar yetim olib kelindi.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    “Jusan-3” Qozog‘iston fuqarolarini Suriyadan evakuatsiya qilishga qaratilgan kompleks gumanitar operatsiyaning yakuniy qismi bo‘ldi. Mazkur maxsus operatsiyaning barcha bosqichlari davomida 357 nafar bola vataniga qaytarildi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolarda 2011—2016-yillar davomida 800 nafarga yaqin qozog‘istonlik ishtirok etgan.

    Tojikiston

    Iroqdagi qamoqxona va lagerlarda Tojikiston fuqarolari bo‘lgan 43 nafar ayol va 95 nafar bola saqlanayotgani aniqlangan. Joriy yil 30-aprelida Bag‘doddan maxsus reys bilan Dushanbega 84 nafar bola qaytarildi. Ular 1,5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lib, asosan qizlardan iborat.

    Foto: Asia-Plus

    Foto: Asia-Plus

    Bolalar Iroqning FlyErbil aviakompaniyasi samolyotida keltirildi. Ulardan ayrimlari o‘z vaqtida ota-onalari tomonidan Iroqqa olib ketilgan, ba’zilari esa o‘sha yerda tug‘ilgan. Otalarining aksariyati o‘ldirilgan, onalari esa Iroq qamoqxonalarida saqlanmoqda.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, turli yillarda Tojikistonning 1900 nafarga yaqin fuqarosi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun Suriya va Iroqqa yo‘l olgan. Ulardan 500 nafarga yaqini halok bo‘lgan.

    Foto: Asia-Plus

    Foto: Asia-Plus

    Tojikistonning inson huquqlari bo‘yicha vakili Radjabmo Habibullozodaning aytishicha, bolalar ruhiy holati va sog‘ligi tiklanganidan so‘ng qarindoshlariga topshiriladi. Agar bunday odamlar bo‘lmasa, davlat ularni qaramog‘iga oladi va jamiyatga moslashishlari uchun zarur barcha tadbirlarni amalga oshiradi.

    Mamlakat rasmiylari Iroq va Suriyadagi qamoq hamda lagerlarda saqlanayotgan fuqarolarini olib kelish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini bildirgan.

    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi doirasida O‘zbekistonga qaytarilgan 156 kishidan 107 nafari bolalar, 48 nafari ayollardir. Ular Toshkent viloyatidagi barcha sharoitlarga ega sanatoriyga joylashtirildi. Bu yerda ularning shaxsiy hujjatlarini tiklash, ijtimoiy nafaqalar to‘lash choralari ko‘rildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, “aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumat tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi”.

    Ijtimoiy tarmoqlarda bu choralar yuzasidan salbiy fikrlar ham bildirildi. Ularning mualliflari bu insonlar urush o‘choqlariga o‘z xohishiga binoan yo‘l olgani, O‘zbekistonning o‘zida bunday yordamga muhtojlar yetarli ekanligini ta’kidlagan.

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida Suriyadan qaytarilgan 156 nafar o‘zbekistonlik haqida to‘xtalib o‘tdi va bu boradagi gap-so‘zlarga chek qo‘ydi, nazarimizda.

    “Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan! Men Konstitutsiyaga ko‘ra chora ko‘rishim kerak aslida. Lekin unday qilmayman. Chunki ular o‘zbek, bizning vatandoshlarimiz!”

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning aytishicha, Suriyadan qaytganlarga xalqaro konvensiyalarda ko‘rsatilgan huquqiy me’yorlar asosida yordam ko‘rsatilgan.

    “Suriyadan qaytgan fuqarolarimizni jamiyatimizga integratsiya qilish bo‘yicha BMT va UNICEF’ning yuqori malakali mutaxassislari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi vazirligi vakillari, diniy qo‘mita xodimlari ish olib bordi.

    Hozirda ular jamiyatga qo‘shilishga tayyor, bunga to‘sqinlik qiladigan muammolar yo‘q. Xalqaro tajribalarga ko‘ra urush o‘choqlaridan kelgan fuqarolarga ijtimoiy himoya va yordam 6 oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatda davom etadi”, — deydi Aziz Abduhakimov.

    Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, 12-iyun kuni sanatoriydagi 156 nafar fuqaroning reabilitatsiyasi birinchi bosqichi yakunlandi. Bundan bir kun avval hukumatning maxsus komissiyasi tomonidan 47 nafar ayolga fuqarolik pasporti va 102 nafar bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    142 kishi, jumladan, 47 nafar onaga eng kam oylik ish haqining 10 barobari va 95 nafar bolaga 5 barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. 3 nafar yetim bola “Mehribonlik” uyiga, 3 nafari “Kichkintoy” bolalar uyiga joylashtirildi. 2 nafar bola o‘zining qarindoshlariga vasiylik tariqasida rasmiylashtirilib berildi. Rossiya fuqarosi bo‘lgan bir ayol va uning 4 nafar bolasi vataniga qaytarilgungacha reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirildi. Bir kishi shifoxonada davolanmoqda.

    Suriyadan qaytganlar 12-iyun kuni tongda viloyatlardan kelgan hokim o‘rinbosarlari kuzatuvida yashash joylariga yuborildi va kunning ikkinchi yarmida yashash manzillariga yetib bordi.

    O‘zbekistondan Yaqin Sharqdagi jangari guruhlar safiga qo‘shilganlar va ularning oila a’zolari soni bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emas. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham shu haqdagi bayonot bilan chiqdi.

    O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli Alisher Salomovning ta’kidlashicha, “Mehr” operatsiyasi Suriyaning tegishli idoralari va Qizil Xoch tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Bu amaliyot yana davom ettiriladi va Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan o‘zbekistonliklarni qaytarish choralari ko‘riladi.

    Qirg‘iziston

    Joriy yil may oyida Bishkekda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Suriyadagi jangari guruhlarga qo‘shilib, keyinchalik asirga tushgan qirg‘izistonliklarning yaqinlari ularni vatanga olib kelishga ko‘mak so‘rab, prezident Sooronbay Jeenbekovga murojaat qilgan.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Ular Suriyaga ketganlarni Qirg‘izistonga olib kelish, afv etish, ruhiy va ijtimoiy realibitatsiya qilish zarurligini ta’kidlagan.

    “Ularni olib kelish uchun davlat tezda harakat qilishi kerak. BMT, Qizil Xoch kabi xalqaro tashkilotlarga chiqib, u yerlarda saqlab turilgan fuqarolarimizning taqdiri haqida bilib berishni so‘rash lozim. Chunki bu tashkilotlarining urush bo‘layotgan davlatlarda tutqunlikda bo‘lgan odamlardan xabar olib, har ikki tarafga murojaat qilishga haqqi bor”, — deydi Bishkekdagi nodavlat huquq tashkiloti rahbari Aziza Abdirasulova.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi Iroq va Suriyadagi fuqarolarni olib kelish bo‘yicha harakatlar boshlangani, prezidentning yaqinda bergan topshirig‘i asosida bu yo‘nalishdagi ishlar yanada kuchaytirilganini ma’lum qilgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistondan Suriya va Iroqqa ketganlar soni 800—850 kishini tashkil etadi.

    Turkmaniston

    Markaziy Osiyodagi yana bir davlat — Turkmanistondan Yaqin Sharqdagi jangari guruhlar safiga qo‘shilganlar bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emas.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Shuningdek, Suriya va Iroqdan turkmanistonliklarni qaytarish yuzasidan urinishlar borasidaham rasmiylar sukut saqlamoqda.

    Медиатур доирасидаги материаллар Европа Иттифоқи молиявий кўмагида тайёрланган.

    15.06.2019, 14:30   Izoh (0)   46699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.