Braziliyaning ko‘pgina shaharlarida pensiya islohotlariga qarshi ommaviy norozilik 14-iyun kuni, Janubiy Amerikada o‘tkazilayotgan ayni Amerika futbol kubogi boshlanishidan avval sodir bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qayd etilishicha, noroziliklar mamlakatning 300 ga yaqin shaharlarini qamrab oldi. Ular yil boshida Jair Bolsonaru hukumronligi davridan buyon yirik kasaba uyushmalarini ham o‘z ichiga olgan birinchi ommaviy norozilik aksiyasi bo‘ldi.
Umumiy hisobda ish tashlashda qariyb 45 million ishchi ishtirok etayotgan bo‘lib, ularning aksariyati mamlakatning 27 shtatida olib borilayotgan namoyishlarga chiqqan. Shu kuni marsh o‘tkazilgan, yo‘llar yopilgan, jamoat transporti ham vaqtincha ishlamagan.
Shuningdek, San-Paulu, Rio-de-Janeyro va Fos-du-Iguasu shaharlarida alohida to‘qnashuvlar yuz bergan. Niteroy munitsipalitetida esa mashina norozilik marshi ishtirokchilariga qarata haydagan, oqibatda ikki kishi yengil tan jarohati olgan.
Eng katta ommaviy chiqishlar San-Paulu yirik shahrida sodir bo‘lgan bo‘lib, 14-iyunda u yerda Braziliya va Boliviya o‘rtasida Amerika kubogi uchun futbol matchiga start berilgan edi.
Izoh (0)