• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 259 ta moddiy madaniy meros obyektiga jiddiy zarar yetgan

    O‘zbekistonga turistlar oqimini yanada oshirish uchun moddiy madaniy obyektlarning bugungi holati ham katta rol o‘ynaydi, albatta. Shundan kelib chiqib mamlakatdagi arxeologik obyektlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududlardagi moddiy madaniy meros obyektlarni to‘liq inventarizatsiya, muhofaza qilish va foydalanish holatini o‘rganish hamda bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Davlat rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan o‘tgan yilning mart—aprel oylarida Madaniyat vazirligi hokimliklar bilan birgalikda obyektlarni xatlovdan o‘tkazdi. Ushbu xatlovda 259 obyektga jiddiy zarar yetgani, ochiq aytsak, ular yo‘qotilgani aniqlandi.

    “Ayrim obyektlar 30—40 yil oldin buzilib, ularning o‘rniga yangi binolar qurilgan bo‘lsa ham ushbu obyektlar ro‘yxatdan ro‘yxatga o‘tib kelgan. Shuningdek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi jamoatchilik nazorati shaklida obyektlarni o‘tgan yilning sentyabr—noyabr oylarida to‘liq qayta xatlovdan o‘tkazdi. Bunda partiya tomonidan 5 ming 287 obyekt bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan va 45 ming foto material to‘plandi. Natijada 827 obyekt topilmagani va 381 obyekt avariya holatida ekani haqida axborot taqdim qilindi”, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari Kamola Akilova.

    Mutaxassisning ta’kidlashicha, 2001-yil 30-avgustdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining beshinchi bobida belgilangan obyektlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish qoidalari joylarda qo‘pol ravishda buzilgan. Masalan, respublika bo‘yicha 78 madaniy meros obyekti noqonuniy egallab olingani yoki mahalliy hokimliklar tomonidan turli maqsadlar uchun berib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Jumladan, Qamashi tumani hokimining qarori bilan “Qamaytepa” arxeologiya yodgorligining 11 gektar hududi baliqchilik uchun berib yuborilgan. Koson tumanidagi “Yerqo‘rg‘on” arxeologiya obyekti fermer xo‘jaligi tomonidan noqonuniy ravishda o‘zlashtirib olingan. Buxoro shahridagi Abdulazizxon madrasasi yaqinida yer qazish ishlari oqibatida, tarixiy yodgorlik devorining bir qismi qulab tushgan. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Mingtepa” arxeologiya yodgorligi hududida noqonuniy ravishda shaxsiy uy-joy qurilgan. Shu bilan birga, 310 obyektda birinchi navbatda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borish zarurligi ma’lum bo‘ldi. Tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, davlat muhofazasiga olinishi lozim bo‘lgan 407 obyekt topildi. Bu ham vaziyat favqulodda holat darajasida o‘tkir ekanini ko‘rsatadi.

    Albatta, bu kabi tizimli kamchilik va muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, joriy yilda Madaniyat vazirligi huzurida ixtisoslashgan maxsus restavratsiya-tiklash ilmiy-tadqiqot tuzilmasi tashkil etiladi. 2019-yildan restavrator-ustalarni malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

    “Har bir madaniy meros obyektidan har kuni xabardor bo‘lishni hayotning o‘zi taqozo qilayapti. Shundan kelib chiqib, hurmatli hokimlar, mahalla faollari bilan birgalikda har bir obyektga ixtiyoriy va ko‘ngilli ravishda ko‘pni ko‘rgan, tarixga qiziqadigan tajribali odamlar jamoatchi inspektor sifatida biriktirilmoqda. Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini hududlarda amalga oshirish dasturlariga asosan joriy yilda 8 ming nafarga yaqin jamoatchi inspektor faoliyati tashkil qilinadi. Jamoatchi inspektorlarni qo‘llab-quvvatlab, rag‘batlantirib borsak, o‘ylaymanki, bu fidoiy yurtdoshlarimizning katta bir jamoatchilik harakatiga aylanadi va o‘z samarasini beradi.

    Mutaxassisning ma’lum qilishicha, shu yil amaldagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari tanqidiy qayta ko‘rib chiqiladi hamda madaniy meros obyektlari bo‘yicha yagona to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

    2020-yil yakunigacha olimlar va mutaxassislar ishtirokida barcha moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkaziladi.

    Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlariga har qanday salbiy ta’sirning oldini olish nuqtai nazaridan ushbu hududlarda yerdan foydalanish va shaharsozlik rejimi belgilanadi. O‘zbekistonning ko‘hna va boy madaniy merosini xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish maqsadida Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimizdan o‘tgan qismini “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo‘li: Farg‘ona — Sirdaryo havzasi” nomi ostida, shu bilan birga, “Sahrodagi qasrlar”, “Xonbandi”, “Sarmishsoy qoyatosh rasmlari”, “Zarautsoy qoyatosh rasmlari”, “Qadimiy Termiz” ob’ektlarini YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish rejalashtirilgan.

    2019-yil 1-mayga qadar 100 ta obyektga elektron qayd etish va videokuzatuv tizimi o‘rnatildi. Qolgan 50 ta obyektga yil davomida o‘rnatiladi. Chiptalarga narxlarni shakllantirish va kelib tushgan mablag‘lar sarflanishining shaffof tizim yaratiladi. 3 yilda Chilonzor Oqtepa, Mingtepa, Yerqo‘rg‘on, Quva shahristoni, Kanka arxeologiya yodgorliklari ochiq osmon ostidagi muzey tashkil qilinadi.

    Dalvarzintepa va Fayoztepa, Afrosiyob, Nurota qal’asi va Poykent kabi 50 ta arxeologiya yodgorligining 3D modeli yaratiladi. “O‘zbekiston madaniy merosi” ensiklopediyasi nashr etiladi.

    13.06.2019, 06:12   Izoh (0)   16238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: “To‘dako‘l” dam olish maskani jozibasi

    13.06.2019, 02:01

    “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga nomzodlar soni qariyb 500 ga yetdi

    13.06.2019, 01:00

    Toshkentda Smart Waters loyihasi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yozgi o‘quv kursi ochadi

    13.06.2019, 00:30

    Toshkentning Uchtepa tumanida ikki uy tomi yondi

    12.06.2019, 23:07

    Namanganda agrologistika korxonasi foydalanishga topshirildi (foto)

    12.06.2019, 22:41

    Xalqaro press klub sessiyasida Samarqandda soxta gidlar ko‘paygani ma’lum qilindi

    12.06.2019, 21:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.