Sidneyda joylashgan masjidga mutlaqo yangicha dizaynda barpo etilgan me’moriy yodgorlik sifatida baho beriladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Designboom nashri ma’lumotlariga tayanib xabar qiladi.
“Panchboul” masjidi Avstraliyaning Sidney shahri hududida barpo etilgan yirik me’moriy obida hisoblanadi. Masjid zamonaviy dizayni va me’morchiligi bilan butunlay an’anaviy masjidlardan ajralib turadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Avstraliya islom missiyasi tomonidan barpo etilgan ushbu masjid qurilishi uchun qaror 1996-yilda qabul qilingan. Biroq qurish uchun beriladigan litsenziyani olishga mahalliy hokimlikdagi byurokratik to‘siqlar tufayli 17 yil kerak bo‘ldi. Mutlaqo yangicha uslub va dizaynda barpo etilgan ushbu masjidning umumiy maydoni 550 kv. metrni tashkil etadi. Masjidning ichida 300 kishi ibodat qilish imkoniyatiga ega.
Izoh (0)