Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk O‘zbekistonga bo‘lgan ilk tashrifidan hayratga tushdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda izoh qoldirdi, deb yozadi Sputnik.
“Markaziy Osiyo va Yevropaning yuzlab yillar davom etayotgan madaniy, savdo va insoniy aloqalari haqida o‘ylash – bu ajoyib... Samarqand esa imperiya poytaxti va yirik savdo markazi bo‘lgan. U o‘sha vaqtdagi London va Rimni qo‘shib hisoblasa ham – ulardan kattaroq bo‘lgan. Buni tasavvur qila olasizmi?” — deb yozgan Tusk.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Kengashi rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan 31-may kuni uchrashgan edi. Bu yil O‘zbekiston va YeI diplomatik munosabatlar o‘rnatganiga 25 to‘ldi.
Izoh (0)