Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab, “Peterburg bolalari” jamoatchilik tashkiloti muhojirlarning farzandlari uchun komiks-bo‘yoq kitobini chiqardi, deb yozadi “Nuz.uz”. Komiks qahramoni — O‘zbekistondan kelgan Go‘zal ismli qizcha. Go‘zalning arxitektor bo‘lish orzusi bor. Ammo buning uchun u maktabni bitirishi kerak.
Mehnat muhojirlarining farzandlari uchun maktabga o‘qishga kirish qiyin jarayonga aylanmoqda. Ota-onalar doim ham o‘qishga kirish uchun qanday hujjatlar talab etilishi, rad javobi berilgan taqdirda qayerga murojaat qilish va nima qilish zarurligini bilmaydi.
Komiksga ota-onalar uchun qirg‘iz, rus, tojik va o‘zbek tillarida ma’lumotnoma ilova qilingan. Infografika yordamida muhojirlarga bolalarni maktabga o‘qishga qo‘yish uchun nima qilish kerakligi tushuntirilgan.
Izoh (0)