• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uy, bog‘cha, kredit, xizmat joyini o‘zgartirish... Mudofaa vaziri o‘rinbosarining sayyor qabullari nihoyasiga yetdi

    Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi sayyor qabul 30—31-may kunlari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida ham o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylar hamda amaliy ko‘makka ehtiyojmand hamyurtlarimizning murojaatlari yuzma-yuz tinglanib, muammolari atroflicha hal etildi.

    Qabul avvalida, general-mayor Azizbek Ikramov Mudofaa vazirligi nomidan Qurolli Kuchlar faxriysi Dilafruz Jalilova va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sobir Pirjanovga farzandi uchun imkoniyati cheklanganlar aravachasini hamda Qurolli Kuchlar faxriysi Otaboy Yo‘ldoshev va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Farrux Mamajonovning otasi Zokirjon Dadaboyevga tibbiyot quloqchinlarini topshirdi.

    Shundan so‘ng murojaatlar birma-bir ko‘rib chiqila boshlandi.

    Surxondaryo viloyatida bo‘lgani kabi Qashqadaryoda ham sayyor qabul guruhi ko‘plab turli murojaatlarni ijobiy hal etdi.

    “Ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun tegishli hujjatlarni to‘plaganimga bir yildan oshdi. Aynan qachon menga uy topshirilishini aniq bilmayotgan edim. Sayyor qabul guruhi mas’ul ofitserlari joriy yilda menga Andijon viloyatidan uy topshirilishini ma’lum qilishdi”, — deydi podpolkovnik Doniyorbek Asqarov.

    Shuningdek, farzandining sog‘ligi sabab xizmat joyini o‘zgartirishni so‘ragan harbiy xizmatchining murojaati ham yechim topadigan bo‘ldi.

    — Qashqadaryo viloyatida xizmat qilayotganimga shu yil oxirida besh yil to‘ladi, — deydi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Olim Junashev. — Mudofaa vazirining o‘rinbosariga xizmat joyimni ko‘chirish yuzasidan murojaat qildim va vazir o‘rinbosari bir oy ichida bu masalani ijobiy hal bo‘lishini bildirdilar. Sababi o‘n yashar o‘g‘lim Dilshodbek Adiljanov bir yildan beri o‘tkir limfoblastli leykoz (oqqon) kasalligi bilan og‘riydi. Shifokorlarning aytishicha, bu ob-havo muhiti tufayli orttirilgan ekan. Shuningdek, farzandimning davolanishi va butkul sog‘ayib ketishi uchun barcha zaruriy yordam ko‘rsatilishini aytdilar. Men bundan g‘oyatda mamnunman. Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda okrug qo‘mondonligiga minnatdorlik bildiraman.

    Viloyatda faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham o‘z vakolatlari bo‘yicha bildirilgan masalalarni hal etdi.

    Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug faxriylari kengashi raisi, nafaqadagi podpolkovnik Sharif Madiyev viloyatda istiqomat qilayotgan harbiy pensionerlarning xususiy tadbirkorlik va imtiyozli kreditlar olish borasidagi takliflarini o‘rganib chiqib, Qashqadaryo viloyati Markaziy bank ijro apparati boshlig‘i Tolibjon Qurbonovga yuzlanib, mazkur masalaga yechim topdi.

    Mudofaa vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi sayyor qabul guruhi kun davomida yuzlab hamyurtlarimiz bilan muloqot qilib, ularning mushkulini oson qildi.

    Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun 150 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy bolalar bog‘chasi qurish istagini bildirgan tadbirkor Isroil Aliyevning ham ishi bitadigan bo‘ldi.

    — Mudofaa vaziri o‘rinbosariga loyihamni taqdim etdim, — deydi u. — Qurilish ishlariga 2 milliard 400 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi. Mudofaa vaziri o‘rinbosari loyiham bilan yaqindan tanishib chiqqach, Respublika maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ushbu masalani hal etishda yordam ko‘rsatishini bildirdi.

    Buxoro viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham ko‘plab yurdoshlarimiz o‘z murojaatlari bilan kelib, muammolariga yechim topdi.

    Xususan, Buxoro viloyati Olot tumanida istiqomat qiluvchi, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Zafarjon Itolmasovning otasi Pirimqul Itolmasovning uy-joy olishi haqidagi muammosi hal etildi.

    “Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘ida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash belgilab berilgan. Mazkur buyruq asosida fuqaro Pirimqul Itolmasovning murojaati ko‘rib chiqildi. U zaruriy hujjatlar taqdim etganidan so‘ng, yuz foizlik imtiyoz bilan ipoteka krediti asosida uy-joy bilan ta’minlanadi, – deydi Buxoro hududiy uy-joydan foydalanish qismi boshlig‘ining yordamchisi adliya kapitani Ruslan Latipov.

    O‘tkazilgan sayyor qabullar davomida Surxondaryo viloyati bo‘yicha — 194 ta,  Qashqadaryo viloyati bo‘yicha — 187 ta hamda Buxoro viloyati bo‘yicha — 115 ta (jami 496 ta) murojaatlar o‘rganilib, muammolarning asosiy qismi o‘z yechimini topdi.

    Sayyor qabul kutilgan natijani berdi. Kelgusida boshqa harbiy okruglarda ham shu kabi qabullar o‘tkazish rejalashtirilyapti.

    02.06.2019, 22:35   Izoh (0)   19976
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vazirligi IIV uchun yaratgan mobil ilovani taqdim etdi. Harbiylar jajji bolajonlar uchun ulkan bayram tashkil qildi (foto)

    02.06.2019, 21:50

    Ahror Qo‘shmatov: Ko‘rsatuvning nomi “Xafa bo‘lish yo‘q”, lekin men sizlardan qattiq xafa bo‘ldim

    02.06.2019, 21:47

    Namanganda “Gullar bayrami” yakuniga yetdi. G‘oliblar Spark avtomobili bilan taqdirlandi (foto)

    02.06.2019, 21:35

    Foto: Samarqandda “KamAZ” chuqurga ag‘darilib ketdi

    02.06.2019, 20:05

    O‘zbekistonda “Ma’rifatli kelajak” shiori ostida kitobxonlik aksiyalari o‘tkazildi

    02.06.2019, 19:50

    Xorazmda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga fuqarolik pasporti topshirildi

    02.06.2019, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.