Rossiya vazirlari, viloyat rahbarlari hamda “Gazprom” DAK vakillari o‘tirgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” (“Toshkent osmonidagi yangiliklar”) Telegram-kanali xabar berdi.
29-may kuni Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgani haqida ma’lum qilingandi.
Tashrif doirasida Urganch shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston—Rossiya Qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yig‘ilish davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish mo‘ljallangan.
Izoh (0)