O‘zbekiston 2019-yilning birinchi choragida Qozog‘istondan eng ko‘p bug‘doy sotib olgan mamlakat bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
2019-yil yanvar—mart oylarida Qozog‘iston 1,7 million tonna bug‘doy va meslina eksport qilgan. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 3,1 foiz ko‘pdir. Yetkazib berilgan bug‘doyning umumiy qiymati 297,8 million dollarni tashkil etgan.
Eng ko‘p donni O‘zbekistonga sotib olgan — 96,3 million dollar evaziga 622,9 ming tonna. Tojikiston esa 46,4 million dollarga 252,5 ming tonna, Ozarbayjon 37 million dollarga 195,4 ming tonna, Afg‘oniston 19,5 million dollarga 106,1 ming tonna, Turkmaniston esa 14,2 million dollarga 79,1 ming tonna bug‘doy xarid qilgan.
Izoh (0)