Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28-may kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.
Shuningdek, Germaniya prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Frank-Valter Shtaynmayer 29-may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.
Izoh (0)