• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yuksalish” umummilliy harakati: O‘zbekiston uchun bugungi kunda qo‘shfuqarolik dolzarb masala emas

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan “Ikki fuqarolik maqomi yoxud dunyo tajribasiga asoslangan yana bir taklif” maqola e’lon qilindi. Undagi fikrlarga asosan ancha yillar xorijda mehnat qilib, pensiya oluvchi vatandoshlarning pensiya mablag‘lari hisobidan ehtimoliy kiritishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar haqida so‘z yuritilgan. Mazkur taklif ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    “Yuksalish” umummilliy harakati ekspertlarining fikricha, ushbu masala yuzasidan taklif berishdan avval masalani har tomonlama muhokama qilish, qo‘shfuqarolik joriy etilgan davlatlarning salbiy va ijobiy tajribasi, bu aslida kim uchun foyda va kim uchun noqulaylik, qanday oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini tahlil qilish lozim.

    Tushunchaning mazmuni. Avvalo, “qo‘shfuqarolik” va “ikkinchi fuqarolik” tushunchalariga oydinlik kiritish lozim. Qo‘shfuqarolik — bu ikki davlat o‘rtasida fuqarolarning bir vaqtning o‘zida ikkinchi davlat fuqarosi bo‘lishi mumkinligi haqidagi rasmiy kelishuvga ega bo‘lganda amalga oshiriladi. Misol uchun, Rossiya va Tojikiston, Ispaniya va Argentina, Argentina va Italiya kabi davlatlar o‘rtasida ana shunday kelishuvlar imzolangan. Ushbu davlatlarni geografik, tarixiy yoki til omili kabi jihatlar birlashtirib turadi.

    Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Norvegiya, Qozog‘iston, Belorus, Estoniya, Polsha va boshqa ko‘plab davlatlarda (ruxsat berilmaydi), shu jumladan, O‘zbekistonda ham qo‘shfuqarolik tan olinmaydi.

    Ikkinchi fuqarolik tizimi esa — ikki davlat o‘rtasida bunday kelishuv bo‘lmaganda yoki yanada aniqroq aytganda — fuqaroning ikkinchi davlat tomonidan berilgan fuqaroligini tan olmagan holda, shu bilan birga boshqa davlat fuqaroligini olishga qarshilik ko‘rsatmaydigan holat hisoblanadi.

    Bunday tartibni AQSh, Fransiya, Shvetsiya, Avstraliya kabi davlatlarda uchratish mumkin. Jumladan, AQShda shaxs ikki fuqarolik bo‘yicha tekshirilmaydi. Lekin, agarda AQSh fuqarosi ikkinchi yoki qo‘shfuqarolikni istasa, unda AQSh fuqaroligidan voz kechishi va o‘sha davlatga butunlay ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi.

    Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoda o‘z fuqaroligidan voz kechmagan holda qo‘shfuqarolik yoki ikkinchi fuqarolikka ruxsat bergan davlatlar soni 83 tani tashkil etadi.

    Majburiyatlar. Qo‘shfuqarolik tizimida fuqaro ikki davlatdan birida o‘z majburiyatlaridan ozod qilinadi. Jumladan, fuqaro ayni paytda istiqomat qilayotgan davlatda harbiy xizmatni o‘tashi (agar shaxs bir davlatda harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa, qayta chaqirilmaydi), belgilangan barcha soliqlarni to‘lashi va hoqazo.

    Shuningdek, fuqaroning ta’lim olish, ijtimoiy ta’minot, tibbiy yordam kabi huquqlari ayni paytda istiqomat qilayotgan davlatga nisbatan amalga oshiriladi. Agar fuqaro ikkinchi davlatga ko‘chib o‘tsa, barcha qulaylik va imtiyozlar saqlanib qoladi.

    Ikkinchi fuqarolik tizimida esa fuqaro bir vaqtning o‘zida har ikkala davlatda o‘z fuqarolik majburiyatlarini bajarishi lozim bo‘ladi.

    Shu o‘rinda, o‘rinli savol tug‘iladi. Qo‘shfuqarolik tizimini yurtimizda joriy etish bugungi kunda qanchalik dolzarb va O‘zbekiston uchun nima beradi?

    Qo‘shfuqarolikka ega shaxsning o‘zi, oilasi, biznesi to‘laqonli himoyada bo‘ladi. O‘zi uchun eng qulay sharoitni (yashash, ta’lim olish, ijtimoiy ta’minot va tibbiy xizmat, oylik maosh) tanlash imkonini beradi. Shuningdek, shaxsning ikki davlat o‘rtasida erkin harakatlanishi, faoliyat yuritishida ortiqcha ovoragarchiliklar kuzatilmaydi.

    Shu bilan birga, qo‘shfuqarolik tizimini uncha xushlamaydigan Germaniya, Hindiston kabi davlatlarga kirishdagi qiyinchiliklar yoki qo‘shfuqarolikka ega shaxslarni ikkinchi davlatdan diplomatik himoya istashi oqibatida ikki davlat munosabatlarida taranglikni yuzaga keltirishi yoki ikki davlat o‘rtasida ziddiyatli holatlar sodir bo‘lganda ba’zi noqulayliklar kuzatilishi mumkin.

    Aytish mumkinki, aksariyat davlatlar mana shunday – ko‘proq fuqaroning shaxsiy foydasi ko‘zlangan qo‘shfuqarolik tizimi rivojlanishini yuqoridagi sabablar uchun ham istamaydi. Bundan tashqari, yana bir muhim jihat, davlat xizmatchilari, prokuratura, kuch tuzilmalari, harbiylar uchun qo‘shfuqarolik qat’iy taqiqlangan.

    Ko‘rib turganimizdek, mamlakatda qo‘shfuqarolikning joriy etilishi shaxsning o‘ziga qo‘proq qulaylik yaratish va qaysidir ma’noda turli kutilmagan noxushliklardan sug‘urtalanish barobarida davlatlar o‘rtasida “yo‘q joydan” taranglik va munosabatlarning yomonlashishiga ham olib keladi.

    Holbuki, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlar qo‘llab-quvvatlanayotgan, ularning Vatanga oson qaytish yoki kelib-ketishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

    Prezidentning 2018-yil 25-oktabrdagi qarori bilan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasi qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonning xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

    Belgilangan vazifalarning ijrosi sifatida hukumat qarori bilan “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Uning qator bandlarida vatandoshlar uchun tartiblarni soddalashtirish yo‘li bilan qulayliklar yaratish nazarda tutildi.

    Jumladan, VTD (Vatandosh) turdagi kirish vizasi joriy etildi. Endilikda, O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi va uning fuqarolari bo‘lgan qarindoshlari tomonidan berilgan taklifnoma asosida keladigan, amal qilishi mobaynida O‘zbekiston hududiga cheklanmagan marta tashrif buyuradigan vatandoshlar va ularning oila a’zolari uchun 2 yil muddatga viza beriladi.

    Xulosa o‘rnida yana bir ma’lumot, xalqaro huquq normalariga ko‘ra, davlatlar ko‘pfuqarolik tizimini taqiqlash siyosatini olib borishlari yoki aksincha, bunga ruxsat berishlari mumkin. Bu, avvalo, davlatlarning geografik joylashuvi, tarixiy-madaniy umumiyligi, aholi demografiyasi bilan asoslangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, taklif etilayotgan fikrga ko‘ra, vatandoshlarning pensiyalari hisobidan O‘zbekistonga ehtimoliy kiritiladigan mablag‘lari aslida qanchalik investitsiya talabiga javob bera olishi ham katta savol ostida qolmoqda.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda vatandoshlar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularni Vatanga qaytish tartiblarini soddalashtirish, jumladan, soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligini berish, yuqori malakali kadrlarni O‘zbekistonda zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha ishga olish, ularning ijtimoiy va maishiy masalalarini hal qilishlarida yordam berish kabi qo‘plab qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

    Shu munosabat bilan, “Yuksalish” umummilliy harakati yaratilgan barcha imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash, ulardan unumli foydalanish, shuningdek bunday qarorlar qabul qilishda masalani har tomonlama, siyosiy, ijtimoiy jihatlarini chuqur tahlil qilib, shaxsiy manfaatlardan xoli bo‘lishini inobatga olish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

    O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot bosqichida qo‘shfuqarolik dolzarb masala emas. Shu sababli O‘zbekistonda xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan ishlash, ularning mamlakat bilan aloqasini saqlab qolish hamda mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni izchil davom ettirish maqsadga muvofiqdir.

    27.05.2019, 23:29   Izoh (0)   10356
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda Damas svetofordan qizil chiroqda o‘tib, 8 yoshli qizchani urib yubordi (video)

    27.05.2019, 23:13

    Tabiiy gaz Qashqadaryodagi gaz idorasi mutasaddilari uchun otamerosmi?

    27.05.2019, 23:04

    Chustdagi “shifobaxsh” suvni pullayotganlar, Jirinovskiyning bashoratlari, o‘zbek telekanallaridagi yutuqli o‘yinlar va kunning boshqa xabarlari

    27.05.2019, 21:41

    O‘zbekistonda pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish tartibi belgilandi

    27.05.2019, 20:27

    Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi Germaniya OAVlarida keng yoritilmoqda

    27.05.2019, 20:14

    Qashqadaryoda 2019-yilning dastlabki 4 oyida 210 ta yong‘in yuz berdi. Oqibatda 1 fuqaro vafot etdi

    27.05.2019, 19:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rossiya va Ukraina kelishuvi hech kimni xursand qilmaydi” — AQSH vitse-prezidenti

    Dunyo | 11 avgust, 09:57

    Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishni tiklashi mumkin

    Dunyo | 11 avgust, 09:48

    Model, xonanda, aktrisa: karyerasini shou-biznesdan boshlagan birinchi xonimlar (foto)

    Shou-biznes | 11 avgust, 09:38

    Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 09:25

    “Manchester Siti” futbolchisi “Everton”ga ijaraga beriladi

    Sport | 11 avgust, 09:18

    Tramp uysizlardan Vashingtonni tark etishni talab qildi

    Dunyo | 11 avgust, 09:13

    Isroil Al-Jazeera telekanalining besh nafar jurnalistini o‘ldirdi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 08:37

    Jomboy tumanidagi zapravka yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.