29—30-may kunlari Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga tashrif buyuradi va 30-may kuni Toshkentda Rossiya - O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya - O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, tomonlar energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xo‘jaligida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qiladi.
Tashrif doirasida turli sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolanadi.
Izoh (0)