• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Akkumulyatorsiz “KamAZ”, o‘zi otar avtomat, suv ostida yuruvchi robot: Ratsionalizatorlik festivalida nimalar namoyish etildi? (foto va video)

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida 25—26-may kunlari “Hech bir ijobiy g‘oya e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida “TECHNO DISCOVERY—2019” festivali o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” poligonida bo‘lib o‘tgan ushbu festival doirasida namoyish etilgan ixtirolarni Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, vazirlik mutasaddilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, shuningdek, barcha harbiy okruglar qo‘mondonlari bevosita ko‘zdan kechirib, har birining armiya manfaatlari uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi bilan qiziqdi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    O‘zbekiston armiyasida birinchi bor o‘tkazilayotgan bu turdagi keng ko‘lamli festivalda uch yuzdan ortiq harbiy xizmatchilar o‘zlarining yangicha yondashuvlari asosida yaratgan ixtirolari, mavjud texnikalarga kiritgan o‘zgartirish va qo‘shimchalari, uzoq yillardan buyon foydalanilmasdan kelayotgan qurilmalarni zamon talablariga moslashtirgani bilan alohida ajralib turdi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Xusasan, maxsus tadbirlar o‘tkaziluvchi joylarda vujudga kelayotgan vaziyatlar haqida ma’lumotlar yig‘ish va ularni qayta ishlash, boshqaruvni tashkillashtirish maqsadida qo‘mondonlik va tezkor shtab ishini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan o‘zgaruvchan hajmga ega mobil qo‘mondonlik-shtab punkti ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    “KamAZ” yuk mashinasining bazasiga o‘rnatilgan ushbu punktni yaratishga 400 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan bo‘lib, bir yoki ikki kishi uni to‘liq ish jarayoniga tayyorlashiga 10 daqiqa sarflaydi. Uning yordamida videokonferensiyalarni ham hech qanday qiyinchiliksiz amalga oshirish mumkin. Ayni vaqtda mazkur mobil punktlar Mudofaa vazirligi tashkilotlarida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilmoqda.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Festivalning yana bir ko‘zga ko‘ringan loyihalaridan biri bu — desantchining o‘quv-mashg‘ulot kompleksi. Mazkur kompleks shaxsiy tarkibni parashyutdan sakrashga mukammal va ortiqcha xarajatlarsiz tayyorlashga mo‘ljllangan. Uning yordamida desantchining uchish apparatidan sakraganidan boshlab bajaradigan barcha amaliy harakatlarini yerning o‘zida to‘liq sinab ko‘rish mumkin. Bundan tashqari “UTKD-1” qurilmasi vizualizatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, undagi maxsus dasturiy ta’minotga ega dasturiy-apparat moduli yordamida virtual reallik hosil qilinadi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Avtomatni masofadan turib boshqarish qurilmasi esa ko‘pchilikka Gollivudning “Shaqol” filmini eslatib yubordi.

    Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan innovatsion loyihalar ham ishtirok etdi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Jumladan, suv ostida mustaqil harakatlanuvchi robot, 3D model orqali robot harakati dasturini avtomatik yaratish tizimi, odamning yuz qiyofasini tanish orqali u haqida ma’lumot berish dasturi, zararlangan hududlardan turli namunalarni olib keluvchi robot va boshqa ko‘plab shu turdagi ixtirolar yig‘ilganlarning qiziqishini yanada orttirdi.

    Bir vaqtning o‘zida 4 ta akkumulyator batareyalarini zaryadlash imkoniga ega ko‘chma batareya moduli esa nafaqat harbiy xizmatchilarga, balki uzoq yo‘lga otlangan boshqa kasb egalariga ham asqotishi shubhasiz.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Shuncha ratsionalizatorlik ishlari orasida yoshlar ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Chaqiriqqacha yoshlarni dastlabki o‘t ochish ko‘nikmalari bilan tanishtirish maqsadida yaratilgan mobil tir aynan bo‘lg‘usi Vatan himoyachilariga mo‘ljallangan. Bunda harakatlanuvchi nishon pnevmatik vintovka va to‘pponcha yordamida o‘qqa tutiladi. Uning boshqa tirlardan afzalligi — 12 metrli konteynerdan yasalgani va istalgan og‘ir texnika yordamida tashish qulayligida.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Akkumulyatorsiz o‘t oladigan “KamAZ” yuk mashinasi, ming metrgacha uzoqlikdagi nishonga olishga yordam beradigan tunggi ko‘rish moslamasi, harbiy kadrlar bilan ishlashda individual yondashuvni kuchaytirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot shu va boshqa turdagi ko‘plab yangiliklar O‘zbekiston armiyasi va harbiy xizmatchilarning kelajakdagi faoliyatiga yanada samara bag‘ishlashiga ishonchimiz komil.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Festival yakunida general-mayor Bahodir Qurbonov Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faollariga “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishonlarini, festivalni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan hamda o‘zining ratsionalizatorlik ishlari bilan ko‘pchilikning diqqatini tortgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Harbiy okruglar hamda harbiy qismlar qo‘mondonliklari mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi avtobuslar bilan taqdirlandi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Festival ishtirokchilari e’tiboriga Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri, shuningdek, taniqli estrada xonandalari tomonidan havola etilgan ko‘ngilochar tadbirlar, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

    Bundan tashqari poligonda tashkil etilgan kitob yarmarkasi, sovrinli viktorina o‘yinlari hamda madaniy tadbirlar festivalga kelgan aholining maroqli dam olishini ta’minladi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    26.05.2019, 20:50   Izoh (0)   41087
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda “Gullar bayrami”ni gullarga burkangan avtokarvon boshlab berdi (foto)

    26.05.2019, 19:20

    Buxorodagi xalqaro festival doirasida “Bukhara City” taqdimoti o‘tkazildi

    26.05.2019, 18:50

    Toshkent—Jakarta—Toshkent reysiga chiptalar narxi tushirildi

    26.05.2019, 18:20

    Kelasi hafta boshida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

    26.05.2019, 17:33

    Qashqadaryoda iste’molchiga elektrdan 23 mln so‘mlik qarzdorlik “ilingani” ma’lum bo‘ldi

    26.05.2019, 16:55

    Urgutlik tadbirkor Moskvada nisholda tayyorlab sotmoqda

    26.05.2019, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “MTRK binosidagi yagona lift ikki yildan beri ishlamaydi” — senator raisga so‘rov yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 20:59

    Donald Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Bu xavfli kasallikmi?

    Dunyo | 11 avgust, 20:46

    Varikoz muammosi: kasallikni oldini olish va davolash bo‘yicha flebolog tavsiyalari

    Ayollar sahifasi | 11 avgust, 20:35

    “Rossiya va AQSH sammitidan qat’i nazar, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish davom etadi” — NATO bosh kotibi

    Dunyo | 11 avgust, 20:21

    Bolaga zarar yetkazmasin: maktab sumkasini qanday tanlash kerak?

    Maslahatlar | 11 avgust, 19:55

    Qoraqalpog‘istonda fuqaro harakatdagi mashina ustida raqsga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 19:40

    Tramp Obama va Bushlarning portretlarini Oq uyning yopiq qismiga ko‘chirdi

    Dunyo | 11 avgust, 19:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.