Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYo organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo‘lda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Telegram-kanalida xabar berildi.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYo yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.
Buning uchun maxsus uskunalar yordamida FHDYo arxivi hujjatlarini raqamlashtirish boshlab yuborilgan.
Bu esa yaqin kelajakda kerakli hujjatlarni 5-10 daqiqada olish imkonini beradi. Bugungi kungacha jami 16 786 187 FHDYo arxivi hujjatlari raqamlashtirilib, elektron tizimga kiritildi.
Izoh (0)