21-may kuni Polshadagi Lyublina yaqinida kuchli quyun ko‘tarildi va 120 ta binoga zarar yetkazdi. Bir kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Lyublina yaqinidagi Voysexov tumanida quyun yuzaga keldi. Bir kishi jarohatlandi, shamol 120 ta binoni zararladi”, — deyiladi xabarda.
Shamol eleketr o‘tkazuvchi liniyalarni va daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashladi. 42 ta turar joyga zarar yetgan. Ba’zi uylarda tomlar joyidan ko‘chib ketgan.
Mahalliy aholining aytishicha, shamol bir necha soniya davom etgan.
“Taxminan 10 soniya davom etdi. Shamol turdi va darrov bosildi”, — deydi ulardan biri.
Voysex munisipalitetida favqulodda shtab tashkil etilgan. Hozirda aholiga tomlarni yopish uchun material va ichimlik suvi kerak, chunki joylarda elektr yo‘q va suv ta’minoti ishlamayapti.
Hududiy mudofaa kuchlari qo‘shinlarining 100 nafar askari fuqarolarga yordam ko‘rsatish uchun yuborildi.
Izoh (0)