Daryo

Ukrainada Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

U 2018-yilning 25-noyabr voqealariga oid bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda

1 daqiqa o‘qish83 852 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Ukraina Davlat tergov byurosi davlat hokimiyati amaldorlariga qarshi davlatga xiyonat qilish va sud vakolatlarini suiiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, bu haqda tegishli ma’lumot 21-may kuni DTB saytida chop etildi.

Foto: Reuters

“Davlat tergov byurosi markaziy apparati inspektorlari tomonidan 2019-yilning 21-may kuni Andrey Portnov arizasiga ko‘ra, Sudgacha tergov yagona reyestriga Ukraina davlat organlarida alohida mas’uliyatli lavozimlarni egallagan mansabdor shaxslar tomonidan Ukraina Jinoyat kodeksining 109 (konstitutsiyaviy tuzumni majburan o‘zgartirish yoki ag‘darish, yohud davlat hokimiyatini egallashga qaratilgan harakatlar), 111 (davlatga xiyonat) va 426-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan (harbiy xizmatchilarning o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishi) jinoyatlarni sodir etgani ehtimoli yuzasidan ma’lumotlar kiritdi”, — deyiladi xabarda.

Gap 2018-yilning 25-noyabrida sodir bo‘lgan voqea haqida bormoqda. Unda Ukraina Harbiy dengiz kuchlarining uchta kemasi Rossiya chegarsini kesib o‘tib Kerch bo‘g‘oziga qarab yo‘l olgan edi.

Ukraina Davlat tergov byurosiga arizani Sobiq prezident Viktor Yanukovich administratsiyasining sobiq rahbari o‘rinbosari Andrey Portnov bergan. Bu haqda uning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qilgan. U arizada Poroshenkoni 2018-yilning 25-noyabr voqealariga oid bir qator jinoyatlarda ayblagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar