Vladimir Putin Ukraina prezidenti lavozimini egallagan Vladimir Zelenskiyga hozircha tabrik yo‘llamaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Putin Zelenskiyni Ukraina janubi-sharqidagi ichki mojaroni tartibga solish, shuningdek, Rossiya — Ukraina munosabatlarini yo‘lga qo‘yish borasidagi birinchi muvaffaqiyatlari bilan tabriklaydi”, — dedi Peskov.
Peskovga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasida oliy darajadagi aloqalar masalasi hozircha kun tartibida yo‘q.
Izoh (0)