Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning “K” boshqarmasi bank bo‘limi boshlig‘i Kirill Cherkalin va uning sobiq hamkasblari — Dmitriy Frolov va Andrey Vasilyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doiraisga o‘tkazilgan tintuvlar natijasida jami qiymati 12 milliard rubl (taxminan 1,5 trillion so‘m)ga teng bo‘lgan pul qimmatliklari olingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Kommersant” ma’lumotlariga ko‘ra, bu pullarning bari kvartiralar va bank yacheykalarida saqlangan. Qayd etishlaricha, bu gumonlanuvchilardan olingan qimmatliklarning hammasi emas. Gumonlanuvchilarga aloqador xususiy shaxs va kompaniyalarga nisbatan ham tekshiruv ketmoqda — ularning hisob-raqamlarida bundan kam bo‘lmagan miqdorda pul bo‘lishi mumkin.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan mol-mulk xizmat va maxfiy ma’lumotlarni yetkazib turganlik uchun to‘lov bo‘lgan bo‘lishi mumkin. FXX xodimlari bankirlarni rejalashtirilayotgan tekshiruvlar va litsenziya olib qo‘yishlardan ogohlantirib turgani uchun mukofot tariqasida pul olgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq polkovnik Cherkalin 850 ming dollar miqdorida pora olayotganida qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi. Frolov va Vasilyev ham aprel oyida qo‘lga olingan.
Izoh (0)